“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:29
ЎЗO‘Z

Ozmoqchi bo‘lganlar iste’mol qilsa bo‘ladigan 5 ta foydali shirinlik

15 dek, 22:38 4 175 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozmoqchi bo‘lganlar iste’mol qilsa bo‘ladigan 5 ta foydali shirinlik Foto: Harper’s Bazaar
Shakar organizm va qomat uchun zararli hisoblanadi, yurak qon-tomir tizimiga ta’sir qiladi, terining qarishini tezlashtiradi va vazn to‘plashga sabab bo‘ladi. Ammo bu shakarning istalgan ko‘rinishidan voz kechish kerakligini bildirmaydi. Shunchaki me’yorni bilish va uni foydali mahsulotlar orqali iste’mol qilish kerak.

Holva
Yong‘oq va pistalar qo‘shib tayyorlanadigan holvada hazm tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan kletchatka va foydali yog‘lar miqdori ko‘p bo‘ladi. Ammo yong‘oq ham holva ham kaloriyaga boy bo‘lishini yoddan chiqarmaslik va ozmoqchi bo‘lganlarga me’yoridan ortiq iste’mol qilib yubormaslik tavsiya qilinadi.

Mevalar
Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgani bilan mevalar desert va tortlardan ko‘ra organizm uchun foydaliroq. Tarkibida qorinni tez to‘ydiradigan kletchatka mo‘l ekani sabab ham ortiqcha ovqatlanib yubormaslikni ta’minlaydi. Mango, banan va uzumda, ayniqsa, shakar ko‘p bo‘lgani sabab ham ozmoqchi bo‘lgan va qandli diabeti borlarga ushbu mevalardan tiyilish tavsiya qilinadi.

Quritilgan mevalar
Sarxil mevalardan farqli ravishda quritilgan mevalar tarkibida suv bo‘lmaydi va aynan shu sabab ham vitaminlar konsentratsiyasi, shuningdek, shakar miqdori ham ko‘proq bo‘ladi. Yetarlicha kaloriyaga ega ekani sabab esa me’yorda yeyishga amal qilish kerak. Shirin tamaddi uchun esa quritilgan mevalardan yaxshisi bo‘lmaydi.

Qora shokolad
Oqidan farqli ravishda qora shokolad organizm uchun foydali. Sifatli shokoladda organizmni polito‘yingan kislotalar bilan to‘yintiradigan, qondagi qand miqdorini tushirish xususiyatiga ega bo‘lgan kakao yog‘i bo‘ladi. Xariddan avval tarkibida kakao 70 foizdan kam bo‘lmasligiga e’tibor qarating.

Arab xurmosi
Tarkibida V1, V2, A, S, V6 vitaminlari, temir va magniy minerallari mavjud bo‘lgan arab xurmosi immunitetni mustahkamlaydi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi va qon bosimini me’yorlashtiradi. Ammo uning 100 grammida 200 kaloriya bo‘lgani sabab ortiqcha iste’mol qilib yubormaslik tavsiya qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 229
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 137
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 336
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 178
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 377
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 262
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar