“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:54
ЎЗO‘Z

Qandli diabetga chalinganlar muntazam iste’mol qilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar

24 noya, 14:36 3 381 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qandli diabetga chalinganlar muntazam iste’mol qilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar Foto: «Domashniy ochag»
Agar bemorga qandli diabetning 2-toifasi yoki modda almashinuvi sindromi tashxisi qo‘yilsa, u holda ratsionni yangidan tuzib chiqish kerak. Albatta, salomatlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri kunlik taomnomani tashkil etuvchi oziq-ovqat mahsulotlariga bog‘liq. Qandli diabetga duch kelgan kishi avval taqiqlangan oziq-ovqatlar ro‘yxati bilan tanishib chiqadi. Foydalilari esa sog‘liqni asrash uchun yordam beradi. Quyida qandli diabetga chalingan insonlar qanday mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilishini bilib olishi mumkin.

Qora shokolad
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, muntazam ravishda kakao iste’mol qilish diabetning 2-toifasini rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari ushbu mahsulot ko‘pincha qand kasali bilan yonma-yon yuradigan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shokoladning kakaoligi va shakarsizini tanlash tavsiya etiladi.

Brokkoli
Deyarli barcha krestgullilar oilasiga mansub sabzavotlar qand kasalligi uchun juda foydalidir, shu jumladan, brokkoli ham. Ushbu sulforafan aralashmasiga boy bo‘lgan karam kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuningdek, qonda shakar darajasini nazorat qiladi. Bundan tashqari bemorlarda paydo bo‘ladigan zararlardan qon tomirlarini himoya qiladi.

Ushbu moddaning yana bir foydali xususiyati – bu organizmning tabiiy zararsizlantirishdir. Bu orqali saraton kasalligini keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalarni tanadan osongina chiqarib tashlaydi. Shunday ekan qand kasali bo‘lmasa ham, brokkolini tez-tez iste’mol qilish kerak.

Qorag‘at (chernika)
Qorag‘at barcha turdagi tolaga boy o‘simlik bo‘lib, u qondagi qand miqdorini xavfsiz darajada saqlaydi. Ushbu mahsulot ham olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, qand kasali va modda almashinuvi sindromi tashxisi qo‘yilgan bemorlar uchun koni foyda hisoblanadi.

Jo‘xori uni (ovsyanka)
Jo‘xori unini muntazam ravishda iste’mol qilish qandli diabetning 2-toifasi xavfini kamaytiradi. Ushbu don tarkibida magniy ko‘p bo‘lib, u organizmda glyukozani qayta ishlashga va insulin ajralishiga yordam beradi.

Baliq
Baliq qand kasaliga chalingan bemorlar uchun eng foydali mahsulotlarning biridir. U boy bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari tanadagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Shuningdek, ko‘pincha diabet bilan bog‘liq asoratlar xavfini kamaytiradi. Mutaxassislar haftasiga ikki marotaba baliq iste’mol qilishni tavsiya etadi.

Zaytun yog‘i
Agar allaqachon qand kasali aniqlangan bo‘lsa, jismoniy faollik va O‘rta Yer dengizi parhezi eng samarali retsept hisoblanadi. Parhezning asosiy tarkibiy qismlaridan biri zaytun moyi bo‘lib, u ko‘p to‘yinmagan yog‘larga va antioksidantlarga boy, hujayralarni zararlanishdan saqlaydi va yurak xastaligining oldini oladi.

Kletchatka (biriktiruvchi to‘qima)
Tolaga boy parhez qandli diabetning 2-toifasini oldini olishga yordam berishi aniqlandi. Kasallikning oldi olinmasa ham tolaga boy ovqatlar glyukoza miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega.

Dukkaklilar
Dukkakli ekinlar tarkibi oqsil va tolaga boy bo‘lib, ular qondagi qand miqdorini keskin ko‘tarilishidan saqlaydi. Agar uy sharoitida dukkakli mahsulotlarni pishirishni iloji bo‘lmasa, u holda ularning konservalarini sotib olish mumkin. Faqatgina iste’moldan avval yaxshilab yuvishni unutmaslik kerak.

Ismaloq
Ismaloq tarkibida K vitamin hamda magniy, folat, fosfor, kaliy va ruh kabi minerallar mavjud. Shuningdek, o‘simlik tarkibidagi lyutein va zeaksantin kimyoviy moddalari qonda glyukoza miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.

Yong‘oq
Yong‘oq tarkibida alfa-linolenik kislota deb ataladigan juda foydali to‘yinmagan yog‘ kislotasi mavjud, u yallig‘lanishni kamaytiradi. Bundan tashqari yong‘oq mahsulotlarida topilgan l-arginin, omega-3, E vitamin hamda boshqa moddalar saratonga qarshi va xolesterinni kamaytiradi. Yong‘oq garchi kasallikning oldini olmasa-da, sog‘liqni asrashni istaganlar uchun eng foydali va xavfsiz mahsulotlardan biridir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 182
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 160
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar