“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:27
ЎЗO‘Z

Bolani beshikka belash uning rivojlanishiga yomon ta’sir qiladimi?

19 noya, 13:57 3 673 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolani beshikka belash uning rivojlanishiga yomon ta’sir qiladimi? SSV matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Murodjon Irismetov suhbat uyushtirdi.

– Ma’lumki, bugun travmatologiya va ortopediya sohasi ham jadal rivojlanyapti. Bu borada mamlakatimiz tibbiyotining salohiyati qanday?
– To‘g‘ri, keyingi yillarda soha rivoji yangi bosqichga ko‘tarildi, diagnostika va davolash borasida muhim yangiliklar amaliyotga kirib keldi. Endoprotezlash, ko‘krak qafasi deformatsiyalari, skolioz, artroskopik operatsiyalar, bloklovchi osteosintez operatsiyalar bunga misoldir. Diagnostika sohasida kompyuter tamograf, magnit rezonans tamograf, raqamli rentgen, elektron podometriya, rentgen densitometriya, bo‘g‘imlarni UZI tekshiruvi kabi zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilgan.

– Ko‘pchilikka uncha tanish bo‘lmagan displaziya kasalligi haqida ma’lumot bersangiz. Bunday nuqsoni bor bolalarni yo‘rgaklashda qanday qoidalarga amal qilish kerak?
– Displaziya bo‘ksa bo‘g‘imi shakllanishida yuzaga keladigan nuqsondir. Agar chaqaloqda shunday nuqson bo‘lsa, tug‘ruq majmuasidayoq ortoped ko‘rigi jarayonida aniqlanadi. So‘ngra bunday bolalarning parvarishi va rivojlanishini alohida nazorat qilishda patronaj hamshiraning o‘rni muhim. Xususan, bolani yo‘rgaklashda oyoqlarining orasini keng qilib ochib qo‘yish kerak. Shunda son boshchasi chanoq kosachasiga to‘la kirishi ta’minlanadi va bo‘g‘imning to‘g‘ri shakllanishiga imkon yaratiladi.

Qolaversa, bolani o‘z vaqtida ortoped ko‘rigidan o‘tkazish, belgilangan muolajalarni vaqtida olib, kasallikni bartaraf etish lozim. Aks holda, nuqson tufayli bo‘g‘imlar noto‘g‘ri shakllanib, keyinchalik jiddiy kasallik yuzaga kelishi mumkin.

– Bolani beshikka belash tayanch-harakat tizimlari rivojlanishiga muayyan darajada salbiy ta’sir etadi deyishadi. Bu borada Siz qanday fikrdasiz?
– Beshikka belash chanoq (buksa) bo‘g‘imida displaziya aniqlangan va displaziya bilan davolanayotgan bolalarda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, qiz bolalarda buksa bo‘g‘imining og‘ir darajadagi artrozlarini keltirib chiqarishi va nogironlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shunday kasalligi bo‘lgan bolalarni beshikka belashda ehtiyot bo‘lish kerak.

Bolani beshikka yotqizishdan oldin uning vujudi siqib yo‘rgaklanadi, qo‘llari bog‘lanadi, oyoqlari ham bir-biriga juda yaqin qilib o‘raladi. Bu juda noto‘g‘ri. Bola vujudi ayni o‘sib-rivojlanadigan davrda bunday o‘rab-chirmab qo‘yish sog‘lig‘iga jiddiy salbiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ba’zi onalar uy-ro‘zg‘or ishlari bilan bandligini ro‘kach qilib, bolani beshikda uzoq vaqt qoldiradi.

Natijada jadal o‘sadigan davrda bola organizmi erkin harakat qilishdan mosuvo bo‘lishi, keyinchalik sog‘lig‘iga, ayniqsa, tayanch-harakat tizimlarining risoladagidek rivojlanishiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Shu bois, ona bolani yo‘rgaklashda yuqorida aytganimizdek, oyoqlar orasini katta ochib, qo‘llarini bo‘sh qo‘yishi, gavda bemalol harakatlanishi uchun sharoit yaratishi maqsadga muvofiqdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 167
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 128
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 157
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 347
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 237
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar