“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:57
ЎЗO‘Z

Koronavirusga chalinganda iste’mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma’lum qilindi

07 noya, 11:55 2 829 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga chalinganda iste’mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma’lum qilindi Foto: RIA Novosti
Koronavirusga chalingan bemorlar tuz kamroq iste’mol qilishlari va spirtli ichimliklar iste’molini istisno qilishlari lozim. Bunday bemorlarga ko‘proq suv ichish tavsiya qilinadi.

Rossiyalik terapevt shifokor Filipp Kuzmenkoning ta’kidlashicha, organizmda suv-tuz balansini me’yorida ushlash lozim. Ko‘proq suv ichish, sho‘r taomlar, misol uchun, tuzlangan bodring, tuzlangan baliq iste’molidan qochish lozim. Spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik lozim, chunki u organizmning suvsizlanishiga olib keladi.

Shifokorning ta’kidlashicha, sho‘r taom qonni quyultiradi, bu esa koronavirusga chalinganda zararli hisoblanadi. “Tuz to‘qimadagi suvni tortib oladi, tomirlarda esa qonning quyuqlashishi yuz beradi. Bu esa koronavirusga chalinganlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Avvalroq ham shifokorlar koronavirusga chalinganlikda spirtli ichimliklar xavfli bo‘lishidan ogohlantirishgan. Koronavirusda spirtli ichimliklar qonning quyuqlashishiga olib keladi, vaholanki koronavirus infeksiyasining asoratlaridan biri tromboemboliya, ya’ni hayotiy muhim qon tomirlarining tromb bilan berkilib qolishi hisoblanadi. Shu sababli alkogol bemorning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, alkogol koronavirusni davolashda belgilanadigan dorilar bilan nomutanosib hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 229
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 137
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 336
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 178
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 377
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar