“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 22:46
ЎЗO‘Z

Meva va sabzavotlar davolay oladigan 7 kasallik

28 okt, 13:04 3 028 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Meva va sabzavotlar davolay oladigan 7 kasallik Foto: «Domashniy ochag»
Ba’zida sog‘liqdagi muammolarni bartaraf etish uchun ko‘proq yangi sabzavot va mevalarni iste’mol qilish kerak. Ularni kuniga, taxminan, besh dona qabul qilish tavsiya etiladi. Ammo oz miqdordagi odamlargina bunga rioya qiladi. Ko‘pchilik esa kuniga bir-ikki dona bilan cheklanadi. Demak, salomatlik uchun ratsionni qaytadan ko‘rib chiqish zarur.

Milklarning qonashi

Foto: «Domashniy ochag»
C vitamin yetishmovchiligi tufayli teri shikastlanishi yengillashadi, ayniqsa, milklarning qonashi ko‘proq kuzatiladi. Ushbu muammoning oldini olish uchun bulg‘or qalampiri, salat bargi, karam, pomidor va sitrus mevalar iste’mol qilish kerak.

Doimo charchoqni his qilish

Foto: «Domashniy ochag»
Ratsionda B vitamini kamligi tufayli tanada energiya va tetiklik yetishmaydi. Buning uchun no‘xat, loviya, yasmiq kabi dukkaklilar hamda ko‘katlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Tez-tez shamollash

Foto: «Domashniy ochag»
Organizmda C vitaminining yetishmasligi tufayli tez-tez shamollab qolish holati kuzatiladi. Kasallikning oldini olish uchun muntazam ravishda yashil sabzavot va sitrus mevalar qabul qilish kerak.

Xotiraning susayishi

Foto: «Domashniy ochag»
Lyutein – yangi ma’lumotni o‘zlashtirishga yordam beradigan, shuningdek, ularni xotirada uzoq saqlanishini ta’minlaydigan ozuqa moddasi. Bunga sabzi, brokkoli, makkajo‘xori, pomidor, ko‘kat barglari kiradi. Agar xotirada muammolar bo‘lsa, ushbu sabzavotlarni ratsionga qo‘shish tavsiya etiladi.

Stressni yengishda qiyinchilik

Foto: «Domashniy ochag»
Stress inson hayotini ajralmas qismidir, ammo uni yengish choralarini ko‘rish kerak. Buning uchun iste’mol qilinayotgan mahsulotlar antioksidantlar, polifenollar va karotinoidlar kabi yallig‘lanishga qarshi birikmalarga boy bo‘lishi kerak. Ularning barchasi esa meva va sabzavotlarda mavjud.

Tomir tortishishi

Foto: «Domashniy ochag»
Tomir tortishishining oldini oluvchi samarali mikroelement kaliydir. Shuningdek, muntazam sport bilan shug‘ullanuvchi yoki issiq havoda tashqarida bo‘luvchilar uchun ushbu modda juda muhim sanaladi. Ayniqsa, kaliy yurakning me’yorda ishlashiga yordam beradi. Kaliy yetishmovchiligining asosiy yechimi ko‘proq banan iste’mol qilishdir. Bir dona bananda o‘rtacha 420 mg kaliy mavjud.

Ortiqcha vazndan qutula olmaslik

Foto: «Domashniy ochag»
Meva va sabzavotlarning yana bir bebaho xususiyati – ularning tarkibidagi tola uzoq vaqtga yetadigan to‘yinganlik hissini beradi. Shuningdek, ularning aksariyatida kaloriya miqdori kam. Shu sababdan ochlikni his qilmagan holda vazn tashlash ko‘proq samara beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 100
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 270
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 133
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 314
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 274
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar