“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:44
ЎЗO‘Z

Soch quritishda yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato

26 okt, 07:00 3 357 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soch quritishda yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato Foto: «Domashniy ochag»
Sochlarni tez-tez fen yordamida qurituvchilar diqqatiga! Undan noto‘g‘ri foydalanish orqali sochlar qayta tiklanmaydigan darajada zarar ko‘rishi mumkin. Quyida ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Sochlar tezroq qurishi uchun maksimal haroratdan foydalanish
Sochni tezroq quritish hamma uchun ham foydali, ammo o‘rtacha haroratdan foydalanish sochlarning salomatligiga zarar yetkazmaydi. Haddan ortiq issiq havo namlik bilan to‘qnashib, soch tolalarining sinishiga olib keladi. Agar maksimal haroratda quritish ma’qul kelsa, u holda sovuq havodan foydalanish kerak. Lekin bu tufayli boshning asab tolalari shamollashi mumkin.

Noto‘g‘ri cho‘tka yoki taroqdan foydalanish
Soch quritish jarayonida dumaloq taroq yoki cho‘tkadan foydalanadiganlar noxush oqibatlarga tayyor turishi kerak. Nam sochlarni tarash ularning tuzilishiga zarar yetkazadi. Avval sochlar quritilib, keyin barmoqlar bilan taraladi. Jarayon oxirida esa taroqda tarash mumkin.

Soch yuvilgandan so‘ng darhol fenda quritish
Soch yuvilgandan so‘ng ozroq muddat tabiiy qurishiga imkon yaratish zarur. Sababi sochlar yuvilgan zahoti fen bilan quritish uzoq vaqt talab qilishi bilan birga, zararli ham sanaladi.

Sochlarni uchidan quritish
Mutaxassislar sochlarni doimo ildizidan boshlab quritishni tavsiya qiladi. Shunda namlik sochning uchlari tomon harakat qiladi. Buning uchun avval old qismdagi sochlar, keyin orqa qismga o‘tish va oxirida uch qismni quritish kerak.

Sochlarni qismga ajratmaslik
Sartaroshlar odatda sochlarni uch yoki to‘rt qismga ajratib quritadi. Bu ham kam vaqtni, ham samarali quritishni ta’minlaydi. Agar sochlarning tabiiy to‘lqin shaklida qurishini istovchilar bo‘lsa, quritish jarayonida sochlarni dumaloqlash va qistirib qo‘yish kerak. So‘ng fenda avval issiq, keyin sovuq havo bilan quritish zarur.

Termal himoya vositalaridan foydalanmaslik
Sochlarni issiqlikdan himoya qilish – bu sochlarni fen tufayli shikastlanishdan saqlashdir. Sochlar uchun hajm, rang va qo‘shimcha namlantiruvchi vositalardan unumli foydalanish kerak. Ular sochlarning nam holatida surtilib, keyin fenda quritiladi.

Sifatsiz fendan foydalanish
Har qanday arzon narx va sifatsiz vositalar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi. Fen tanlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak, sababi pulni tejash orqali sochlar salomatligiga zarar berish mumkin.

Quruq sochlarni qayta quritish
Ko‘pchilik ayollar sochlariga hajm berish uchun quruq sochlarini qaytadan quritadi. Bunday qilish aslo mumkin emas. Keyinchalik sochlar o‘z rangini yo‘qotishi va sinib ketish holatlari kuzatiladi.

Soch uchini noto‘g‘ri quritish
Soch uchlari silliq va tekis ko‘rinishi uchun sartaroshlar avval ularni fen yordamida isitib, so‘ng salqin havo oqimini yuboradi.

Fenni hech qachon tozalamaslik
Fenning orqa qismidagi panjara chang va yomon havo oqimini saqlab qoladi. Bu esa fenning ishlashiga ta’sir o‘tkazadi. Panjarani muntazam ravishda tozalash, uning qizib ketishini oldini oladi va havo oqimi tezligini yaxshilaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 230
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 143
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 117
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 257
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar