“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:49
ЎЗO‘Z

Inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan 9 ta kasallik

22 okt, 11:56 3 990 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan 9 ta kasallik Foto: «Domashniy ochag»
Inson biror kasallikka chalinmaguncha barcha jiddiy va xavfli kasalliklar faqatgina o‘tmishda qolgan deb o‘ylaydi. Hozirda esa zamonaviy tibbiyot barchasiga davo topishiga umidvor. Afsuski, XXI asrda ham keng tarqalgan kasalliklarga e’tiborsizlik tufayli inson hayoti xavf ostida qolishi, hattoki o‘lim bilan yakun topishi mumkin. Har yili millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladigan 9 ta kasallik haqida ma’lumotlarga ega bo‘ling va salomatligingiz borasida vaqtida qayg‘uring.

Yurak ishemik kasalligi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurakning ishemik kasalligi dunyo bo‘ylab yuz berayotgan o‘limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. 2016 yil yurak-qon tomir kasalliklari 15,2 million kishining o‘limini tashkil etgan. Bugungi kunda ham erkak va ayollarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Aslida uning oldini olish juda oson bo‘lib, aksariyat hollarda xavfni minimal darajaga tushirish mumkin. Buning uchun to‘g‘ri ovqatlanish, faol hayot tarzini olib borish, stressni boshqarishga harakat qilish, zararli odatlardan voz kechish va yurak-qon tomirlarining holatini shifokor ko‘rigida muntazam ravishda tekshirtirib turish tavsiya etiladi.

Insult
Insult – qon quyuqlashishi hisobiga paydo bo‘lgan tromblar natijasida miyada qon aylanishining buzilishidir. Zudlik bilan o‘limga olib keluvchi insult kasalligi miyaning nafas olishi uchun javobgar qismlarga ta’sir qiladi. Agar bemorning yashashiga umid bo‘lsa, shifokorlarga bir necha soatgina imkoniyat tarzida berilishi mumkin. Sababi insultning oqibatlari juda jiddiy, ya’ni falaj, nutq qobiliyatini yo‘qotish kabi hollar kuzatilishi mumkin. Insult kasalligi ham tobora yosharmoqda. Endilikda yoshlar ham insult kasalligi haqida batafsil ma’lumotlar, uning oldini olish chora-tadbirlariga amal qilishi zarur. Shu bilan birga, spirtli ichimliklardan voz kechish, chekishni tashlash va sog‘lom turmush tarzini olib borishi kerak.

O‘pka kasalligi
O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi o‘limga olib keluvchi asosiy kasalliklar reytingida uchinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu atama amfizem, surunkali bronxit va astma kabi o‘pkaning progressiv kasalliklarini anglatadi. Ularning barchasida umumiy alomatlar quyidagicha: nafas qisilishi, xirillash, tez-tez yo‘talish. Agar kimdir uzoq vaqt mobaynida ushbu alomatlarni sezsa, albatta, shifokorga murojaat qilishi zarur.

Pastki nafas yo‘llari infeksiyasi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘yxatida 4-o‘rinda turadigan pastki nafas yo‘llarining infeksiyalari bir qancha kasalliklarini o‘z ichiga oladi. Ammo ko‘pincha ular virusli yoki bakterial pnevmoniyani anglatadi. O‘z-o‘zidan jiddiy hisoblangan ushbu kasallik uchun kurashishga barchaning ham kuchi yetmaydi. 2016 yilning o‘zidayoq uch million kishi aynan shu kasallik tufayli vafot etgan, bu yil esa infeksiya tufayli, afsuski, bundan ham ko‘p qurbonlar bo‘lishi mumkin.

Alsgeymer va fikrlash bilan bog‘liq kasalliklar
Alsgeymer va boshqa ruhiy kasalliklar o‘limning bevosita sababchisiga aylanmagan, ammo ular boshqa xavfli holatlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi va natijada inson hayoti sezilarli darajada qisqaradi. Ko‘pincha, kasallik rivojlanib borishi bilan bemor yurmaslik va harakat qilmasligi tufayli qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Ammo ushbu holat bemorlarga pnevmoniya va boshqa nafas yo‘llarining infeksiyalari kabi kasalliklarga moyil qiladi.

Nafas olish yo‘llari saratoni
Traxeya, bronx va o‘pkaning saraton kasalligi eng xavfli kasallikning oltinchisi bo‘ldi. Garchi chekish ushbu kasallikning asosiy sababi bo‘lsa-da, umrida tamaki tutatmagan insonlarda ham xavf darajasi yuqori. Nafas olish saratonining aksariyat turlari umumiy alomatlarga ega: yo‘tal, xirillash va nafas qisilishi. Agar ushbu alomatlarning eng kamida bittasi ham kuzatilsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qandli diabet
Murakkabligi tufayli o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan yana bir kasallik. Ushbu qandli diabetning birinchi toifasida kasallik rivojlanadi. Ikkinchi toifadagi bemorlar suvsizlanish, miya shishi va boshqalarni keltirib chiqaradi. Inson o‘zi yoki yaqinlari kasallanganlar bo‘lsa, bemorlarga qonda shakar miqdorini ko‘paymasligi uchun muntazam ravishda shifokorga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Diareya kasalliklari
Rotavirus – 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yarmi aynan shu kasallik bilan shifoxonaga olib kelinadi. Rotavirusning eng katta xavfi suvsizlantirish bo‘lib, u juda tez rivojlanadi va o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Sil kasalligi
Afsuski, sil uzoq vaqtdan beri ayrim ijtimoiy guruhlarning kasalligi bo‘lib qolmoqda, shifokorlar ushbu bakterial kasallikning haqiqiy epidemiyasi borasida izlanishlar olib bormoqda. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘pkaga ortiqcha yuk haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin. Garchi o‘pkada hech qanday alomatlar bo‘lmasa ham yilda bir marotaba flyuorografiya qilish tavsiya etiladi, yo‘tal yoki boshqa bir kichik alomatlar shifokor bilan maslahatlashiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 188
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 352
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar