“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:46
ЎЗO‘Z

Jigar xastaliklarini davolovchi tabiiy mahsulotlar

21 okt, 17:22 3 924 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jigar xastaliklarini davolovchi tabiiy mahsulotlar Jigardagi kasalliklarni bahorda davolagan ma’qul, har qanday jigar xastaligini behi suvi yaxshi davolaydi. Buning uchun behi sharbatidan kuniga bir-ikki kosa ichish kerak bo‘ladi. Necha kun ichish kasallikning og‘ir-yengilligiga, eski-yangiligiga qarab belgilanadi.

Oshqovoq suvi jigarga nihoyatda foydali, u sariq kasalligining oldini ham oladi.

- Quruq o‘rik (turshak) peshob haydovchi bo‘lgani uchun jigar faoliyatini yaxshilashda qo‘l keladi.
- Bodring, sabzi va lavlagi suvini olib, aralashtirib ichilsa, jigar xastaliklarini davolaydi.

- Jigar qurishi kasalini bartaraf etishda 60 gr. asalga 3 gr. bog‘ yalpiz suvini qo‘shib uch mahaldan ichiladi.
- Jigar kuchsizligini davolashda za’faron, anor doni va mayizni urug‘i bilan chaynab yeyish qo‘l keladi.

- Har kuni 3,5 gr. zira iste’mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
- Shirin anor suvini muntazam iste’mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.

- Baliqni olovda kabob qilib yeyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.
- Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qo‘shib yeb yurilsa, jigar xastaliklariga davodir

.- O‘n besh gramm qovun urug‘i yanchib yeyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.
- Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.

- Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag‘ishlaydi.
- Kuniga 80-100 gramm shavel yeb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.

- Yigirma gramm semizo‘t urug‘ini yanchib elakdan o‘tkazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
- Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.

- Xom xondon pista mag‘zi jigar sovuqligiga davo.
- Oshqovoqni suvda qaynatib yeyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.

- Bir yarim-ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog‘ilgan sigir suti bilan nahorga ichilsa, jigarga quvvat beradi.
- Sabzini suvda qaynatib, so‘ng u asalga qo‘shib yeyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.

- Sirka va asal qo‘shib yeb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo‘ladi.
- Jigari xastalangan bemorlar tovuq go‘shti, anor, mayiz, no‘xat iste’mol qilishlari, qatiq ichib turishlari kerak.

- Agar jigaringiz kamquvvat bo‘lsa, ravoch ildizini mayda kesib, quritib, havonchada yanchib shisha idishga solib qo‘ying-da, undan ertalab yeb turing.
- Jigar og‘rig‘ini qoldirishda na’matakdan damlangan choy eng shifobaxsh malhamlardan sanaladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 148
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 109
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 97
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 127
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar