“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:28
ЎЗO‘Z

Apelsin, choy, asal – nega ularni koronavirus bilan kasallanganda iste’mol qilish mumkin emas?

20 okt, 17:30 3 814 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apelsin, choy, asal – nega ularni koronavirus bilan kasallanganda iste’mol qilish mumkin emas? Foto: «Domashniy ochag»
Kasallik vaqtida nafaqat shifokorning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish, balki dam olish, buyurilgan dori-darmonlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish hamda parhezga rioya qilish juda muhim. Sababi bu paytda organizm bor kuchini kasallikka qarshi kurashga sarf qilishi kerak. Agar organizmni noo‘rin ovqat yeyishga majburlasa, sog‘likning tiklanishi kechikishi mumkin. Quyida koronavirus bilan kasallanganlar uchun mumkin bo‘lmagan mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Asal yoki malinali choy
Albatta, hammasi shakar bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, asal yoki malinali choy organizmning tabiiy himoyachilari – limfotsitlar vazifasini pasaytiradi. Kasallik paytida qancha ko‘p shirinlik ichilsa yoki iste’mol qilinsa, organizm virusga qarshi shuncha sekin kurashadi. Malinali murabbo, shunchaki shirin choy, salqin ichimliklar va asal – ushbu mashhur ichimliklarning barchasi immunitetli hujayralarga hujum qiladi va kasallikdan himoyalanishga imkon bermaydi.

Apelsin, limon va mandarin
To‘g‘ri, sitrus mevalarda immunitetni yaxshilaydigan C vitamini ko‘p. Ammo ularning nordon sharbati allaqachon yallig‘langan tomoq va burunning shilliq pardalarini bezovta qiladi. Shuningdek, ularning o‘z vaqtida tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, sitrus mevalar sog‘lomlikda yaxshi, ammo kasallanganda esa olma foydaliroq.

Choy va qahva
Tananing suvsizlanishi koronavirus paytida insonni kutib turuvchi xavflardan biridir. Tana harorati unchalik yuqori bo‘lmasa ham, suyuqlik tanadan faol ravishda chiqarib yuboriladi. Bu bilan organizm virusni chiqarishga harakat qiladi. Aytgancha, oddiy shamollash, gripp kasalligida ham ko‘p miqdorda suv ichish tavsiya etiladi.

Ammo choy va qahva tarkibida kofein ko‘pligi tufayli ular aks ta’sir qilishi mumkin. Bu holatda esa suvsizlanish kuzatiladi va salomatlikni yomonlashtiradi. Albatta, kofeinning tetiklashtiruvchi ta’siri kasallik paytida mumkin emas. Uyqu esa haqiqatan ham virusli infeksiyalardan tezroq qutilishga yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 52
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 56
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 117
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 235
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar