“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:33
ЎЗO‘Z

Koronavirus, ORVI va grippning oldini olish uchun oddiy, ammo hamma bilishi kerak bo‘lgan 11 tavsiya

02 okt, 08:18 3 052 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus, ORVI va grippning oldini olish uchun oddiy, ammo hamma bilishi kerak bo‘lgan 11 tavsiya Foto: Getty Images
Koronavirus yuqtirib olishdan hech kim kafolatlanmagan, qolaversa gripp va infeksion kasalliklar mavsumi ham allaqachon boshlangan. Bunday vaziyatda salomatlikda muammo kuzatilmasligi uchun immunitetni mustahkamlash va gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur.

Niqob taqishni unutmang
Yilning asosiy maslahati hali hamon dolzarb hisoblanadi. Infeksiya va viruslar havo tomchi yo‘li orqali yuqqani bois ham mazkur tavsiyaga amal qilish shart.

Qo‘llaringizni tez-tez yuvib turing
Qo‘lni faqat ko‘chadan kelgandan keyin yoki ovqatdan avval yuvish kerak degan tushuncha bugungi kunga kelib o‘zgardi va mutaxassislar tomonidan qo‘llar tez-tez sovun bilan yuvib turilishi yoki sanitayzerdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Yuzingizga teginmang
Yuvilmagan qo‘llarda virus bo‘lishi va qo‘lni yuzga olib borganda organizmga kirishi mumkin. Qo‘llarni yuvmasdan yoki toza salfetkasiz yuzingizga tegina ko‘rmang.

Tiniqib uxlang
Uxlash nafaqat ahvolingiz yaxshilanishi, balki organizm virus bilan kurashishi uchun ham muhim. Tiniqib uxlaganda immun sistemasi yaxshi ishlaydi.

Grippga qarshi emlaning
Har yili grippning turli shtammlari paydo bo‘layotgani sabab mutaxassislar vaqtida mazkur kasallikka qarshi emlanish kerakligini tavsiya qiladi. Ammo o‘zboshimchalik qilmaslik, shifokor maslahatiga binoan amalga oshirish kerak.

Meva va sabzavotlarni iste’mol qiling
Vitamin va foydali moddalarga boy ekani sabab ham immunitetni mustahkamlash uchun sabzavot va mevalarni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Sport bilan shug‘ullaning
Jismoniy mashqlar organizm va a’zolar faoliyati, xususan immun sistemasi uchun ham foydali sanaladi. Buning uchun og‘ir mashqlarni bajarishga hojat yo‘q. Shunchaki har kuni toza havoda sayr qilishning o‘zi kifoya.

Bemorlar bilan ijtimoiy masofa saqlang
1,5-2 metr masofa saqlash qoidasi bu yilda har qachongidan ham ahamiyatliroq. Kasallik alomatlari bor yoki bemor insonlarga iloji boricha yaqin bormaslikka harakat qiling.

Taom va ichimlikni shaxsiy idishingizda iste’mol qiling
Ishxona yoki uyda o‘zingizning shaxsiy tarelka, finjon va sanchqingiz bo‘lsin. Har doim ishlatishdan avval qaynoq suvga chayib keyin ishlating.

Matodan tikilgan sumka va hamyonlardan foydalanmang
Matodan tikilgan sumka va hamyonlarni mikroorganizmlardan tozalash qiyin bo‘lgani sabab ham charm matosidan tikilganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Xudbin bo‘lmang, boshqalarni ham o‘ylang
Shamollagan yoki kasallangan bo‘lsangiz uydan chiqmang. O‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham niqob taqib yuring, aksirmoqchi bo‘lsangiz niqob bo‘lmasa atrofdagilarga virus tarqatmaslik uchun chetga qarab tirsakning ichki qismi bilan og‘zingizni yoping.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 90
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 77
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 123
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar