“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:59
ЎЗO‘Z

Qanday yeguliklarni birga iste’mol qilish mumkin emas?

20 sen, 17:13 3 325 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qanday yeguliklarni birga iste’mol qilish mumkin emas? Tana – murakkab tizim bo‘lib, ovqat hazm qilish uchun bir nechta jarayonlardan o‘tish kerak. Lekin ba’zi kombinatsiyalar oshqozonning uzliksiz ishlashini buzishi ham mumkin. Bu esa uning noto‘g‘ri ishlashiga, gastrit va og‘irlik hisini paydo qiladi. Aynan shunday kombinatsiyalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish har kim uchun foydali.

Bodring va pomidor

Foto: «Domashniy ochag»
Hayron qolishingiz tabiiy. Bodring va pomidorsiz o‘zbek dasturxonini tasavvur qilish qiyin. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kombinatsiya oshqozon uchun foydali emas. Bodring tarkibida gidroksid, pomidor esa nordon. Oshqozon bodringni hazm qilish uchun kislota ajratsa, pomidor achiy boshlaydi. Shu sababli, sog‘lom ko‘rinadigan salatning bir porsiyasi ham shishiradi va boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kartoshka va go‘sht

Foto: «Domashniy ochag»
Yana bir sevib iste’mol qilinadigan kombinatsiya. Kartoshka va go‘shtni hazm qilish fermentlarining har xil turlari talab qilinadi. Shuning uchun bu kombinatsiya nafaqat katta og‘irlik, balki oshqozon buzilishiga olib keladi. Demak, ushbu juftlikni iste’mol qilishda ularning o‘rnini boshqa mos mahsulot bilan almashtirish kerak.

Sut va bo‘tqa

Foto: «Domashniy ochag»
Eng avvalo, sutni alohida ichish foydali. Unga biror narsani qo‘shib iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Chunki uning tarkibida boshqa mahsulotlar bilan hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan oqsillar mavjud. Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari diqqatiga, sut va bo‘tqa yaxshi tanlov emas. Uning o‘rniga kefir va yogurt tavsiya etiladi.

Meva va yogurt

Foto: «Domashniy ochag»
Mevadan tayyorlanadigan yogurtlar ham mazali, ham foydali. Ammo ularni meva bilan tanovul qilish organizm uchun zararli hisoblanadi. Sababi yogurtlarda mevalar tarkibidagi shakar bilan reaksiyaga kirishadigan ko‘plab bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular toksinlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun hech qanday qo‘shimchalarsiz yogurtni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, ularga mayiz ham qo‘shish mumkin.

Gazli ichimlik va gamburger

Foto: «Domashniy ochag»
Gamburger, fastfud taomi va gazli ichimlik hazm qilish jarayonida ikki marta vaqt sarflaydi. Shuning uchun tez orada fastfudni butunlay unutish yoki gazli ichimliklarsiz tavsiya etildi. Agar suyuqlik bilan ichish kerak bo‘lsa choy yoki oddiy suv tavsiya etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 123
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 295
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 290
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar