“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:44
ЎЗO‘Z

Olimlar uyquga to‘ymaslik yana qanday oqibatlarga olib kelishini aniqlashdi

17 sen, 22:00 3 541 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar uyquga to‘ymaslik yana qanday oqibatlarga olib kelishini aniqlashdi Foto: «Inspiritpsychology.com.au»
Haddan tashqari kam uxlaydigan odamlar kundalik voqealardan zavq olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi. Britaniya Kolumbiyasi universiteti psixologlari 33 yoshdan 48 yoshgacha bo‘lgan ikki mingdan ziyod ko‘ngillida so‘rovnoma o‘tkazgach, shunday xulosa kelishgan, deya xabar berdi «Health Psychology».

Ishtirokchilardan har kuni qancha uxlashi, keyingi kuni o‘zini qanday his qilishi, aniqrog‘i, birorta voqea ularda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otgani so‘raldi.

Tungi uyqu yetti soatdan kam davom etganda keyingi kuni ishtirokchi avval quvonch bag‘ishlagan voqea-hodisalardan kamroq zavq olishi oydinlashdi. Biroq odam to‘yib uxlagan zahoti o‘sha voqealardan yana xursand bo‘la boshlagan.

«Odamlar birorta ijobiy tuyg‘uni his qilganda, masalan, quchoqlaganda yoki vaqtini tabiat qo‘ynida o‘tkazganda odatda o‘zlarini baxtiyor his qilishadi. Biroq odatdagidan kamroq uxlagan odamlarga hatto yoqimli voqealar ham zavq bag‘ishlamay qo‘yadi», — dedi psixologiya kafedrasi dotsenti Nensi Sin.

Olimlarning ta’kidlashicha, uyquning davomiyligi bilan jizzakilik va tushkunlik kabi salbiy kechinmalar o‘rtasida bog‘liqlikni topa olishmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 152
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 114
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 290
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar