“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:18
ЎЗO‘Z

Qandli diabetdan himoyalanish uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar

09 sen, 20:00 3 329 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qandli diabetdan himoyalanish uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar Foto: «Domashniy Ochag»
Sizda qandli diabetga nasliy moyillik bo‘lsa yoki kam harakatlilik kuzatiladigan bo‘lsa «Domashniy Ochag» to‘xtalib o‘tgan tavsiyalarga amal qilish tavsiya qilinadi.

Donli mahsulotlar
Diabetologiya jurnalida yozilishicha, nonushtaga suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki kuniga boshqa donli mahsulotdan 10 gr iste’mol qilish qandli diabetga chalinish xavfini 25 foizga kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Grek yong‘og‘i
Tadqiqotchilarning ta’kidlashiga qaraganda, uch oy davomida har kuni grek yong‘og‘i iste’mol qilgan insonlar tomirlarining ahvali yaxshilanib, «yomon» xolesterin miqdori kamayadi. Ushbu ko‘rsatkichlar nafaqat qon-tomir kasalliklarining oldi olinishi, balki ikkinchi turdagi qandli diabetga chalinish xavfi kamayishini bildiradi

Banan, kartoshka va pomidor
Ushbu mahsulotlarning barchasi, organizmda yetishmasligi yurak va buyrak kasalliklari va ikkinchi turdagi qandli diabetga olib keladigan kaliyga boy hisoblanadi. Biroq bir narsani yodda tutish kerak, kaliyni me’yoridan ortig‘i ham yetishmagani singari salomatlikda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Ratsionni turli-tuman mahsulotlar bilan boyitishdan qochish
Tafs universiteti va Texas universiteti fan va tibbiyot markazi tadqiqotchilari, ratsionida turli-tuman mahsulot va taomlar bo‘lgan insonlarda moddalar almashinuvi sekin bo‘lishi va semirishga moyillik yuqori ekanligi bu esa qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlangan. Ratsionda turli-tumanlikka emas, mahsulotlarning foydali ekani va sog‘lom ovqatlanishga amal qilish muhim sanaladi.

Yogurt
Garvard universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, har kuni bir porsiya yogurt iste’mol qilish ikkinchi turdagi qandli diabetga chalinish xavfini 18 foizga kamaytiradi. Nordon sut mahsulotlari xususan yogurt tarkibidagi probiotiklar insulin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Ammo tabiiy, shakar va boshqa qo‘shimchalar qo‘shilmagan yogurtlargina haqiqiy foydali bo‘ladi.

Kuniga ikki-uch marta ovqatlanish
Chexiyalik olimlarning ta’kidlashiga qaraganda, qandli diabetning profilaktikasi uchun kuniga bir necha marta ovqatlanish, bir yoki ikki martalik tanavvuldan ko‘ra kam samara beradi. Kuniga ikki mahal ovqatlangan tadqiqot ishtirokchilari o‘zlarini yaxshi his qilgan, tez vazn tashlagan va qondagi qand miqdori kam bo‘lgan.

Ovqatdan keyin non yeyish
Diabetes Care’da e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, nonni ovqat so‘ngida yeyish, rafinadlanmagan uglevodlarni shakarga aylanishini sekinlashtiradi va glyukoza miqdorini nazorat qiladi.

Mevalar
Haftasiga ikki marta chernika, olma yoki uzum yeyish ikkinchi turdagi qandli diabet bilan kasallanish xavfini 25 foizga kamaytiradi. Ammo mevalarni butunligicha yeyish kerak bo‘ladi. Smuzi yoki meva sharbati teskari tasir ko‘rsatishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 124
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 296
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar