“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:03
ЎЗO‘Z

Uy sharoitida qanday qilib yogurt tayyorlash mumkin?

01 sen, 08:54 3 235 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uy sharoitida qanday qilib yogurt tayyorlash mumkin? Foto: «Povar.ru»
Probiotiklarga boy bo‘lgan, uyda sharoitida tabiiy tayyorlanadigan yogurt tarkibidagi nordon sut bakteriyalari sabab uning iste’molidan keyin ichaklar mikroflorasi yaxshilanadi. Qolaversa, immunitet hamda suyaklarni mustahkamlash xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur mahsulot vazn tashlamoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao.

Uyda tayyorlangan yogurt asosan ikki mahsulot: sut va achitqi o‘rin olishi kerak, qolgani esa fantaziyangizga bog‘liq. Ta’bga qarab meva, yong‘oq, rezavor va pista qo‘shish, istalsa salat yoki ko‘kat va sarimsoq aralashtirib go‘shtli taomga sous tayyorlash ham mumkin. Yogurtni uy sharoitida tayyorlash oson va qimmatga tushmaydi.

Kerakli mahsulotlar: sut, achitqi.

Sut qanday bo‘lishi kerak?
Sut tabiiy va boshqa qo‘shimchalarsiz bo‘lishi kerak. Agar bunday sutdan foydalanishning iloji bo‘lmasa, do‘kondan pasterizatsiyalangan, tarkibida yog‘ 3,2 foizdan kam bo‘lmagan sut xarid qilish kerak. Yogurtning konsistensiyasi unga qancha miqdorda sut qo‘shilganiga bog‘liq bo‘ladi: sut qancha kam bo‘lsa, yogurt shuncha quyuq bo‘ladi.

Achitqi
Achitqi ikki xil — quruq va suyuq holda bo‘lishi mumkin. Ularning har ikkisining farqi unchalik bo‘lmagani bilan suyuq achitqi yaroqlilik muddati tugashiga yaqin ta’sirini yo‘qotadi. Shuning uchun ham quruq achitqidan foydalanish tavsiya qilinadi. Flakon yoki idishlarga solingan quruq achitqini do‘kon yoki dorixonalardan xarid qilish mumkin. Bitta flakondagi achitqi odatda 1-3 litr sutga yetadi.

Qanday tayyorlanadi?
Tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli bakteriyalarni o‘ldirish uchun sutni qaynatib olish shart. 1-3 litr sutni 37-40 daraja haroratda pishirib oling, keyin esa sovuting. Achitqini qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Aralashma solingan idishni ko‘rpaga o‘rab, issiqroq joyga 8-10 soatga qo‘ying. Tayyor bo‘lgan yogurtdan keyingi yogurt uchun achitqi sifatida ham foydalansa bo‘ladi.

Achitqi o‘rniga tayyor holdagi ortiqcha qo‘shimchalarsiz bo‘lgan yogurt yoki smetana ishlatsa ham bo‘ladi. Buning uchun 1litr sutga bir osh qoshiq smetana qo‘shish va aralashmani yuqorida ta’kidlanganidek issiq joyga qo‘yish kerak bo‘ladi.

Foto: «Domashniy Ochag»
Termosda tayyorlash uchun
Kerakli mahsulotlar: 1 litr sut, 200 gr tabiiy yogurt.

Tayyorlanish jarayoni:
Sutni 38-40 daraja haroratda pishiring. Termosni yaxshilab yuvib, qaynagan suv bilan chaying. Suv soling va 1-2 daqiqa ichida qoldirib, keyin to‘kib tashlang. 100 gr sutga yogurtni aralashtiring. Keyin sutning qolgan qismini qo‘shing va yana aralashtiring. Aralashmani termosga soling va 6-8 soatga ustini yopib qo‘ying. Tayyor yogurtni idishga solib, 8 soatga muzlatkichga qo‘ying.

Esda tuting: Achitqi qo‘shilgan yogurtni uzoq vaqt saqlamaslik kerak. Vaqt o‘tganidan keyin u ta’mini yo‘qotib boradi. Uy sharoitida tayyorlangan yogurtni 3-4 kundan ortiq saqlab bo‘lmaydi. Meva, murabbo, asal, yong‘oq va rezavorlarni iste’moldan avval qo‘shish kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 367
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 253
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar