“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:30
ЎЗO‘Z

Hayot uchun xavfli mahsulotlarni bilasizmi?

17 avg, 12:05 3 681 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hayot uchun xavfli mahsulotlarni bilasizmi? Foto: «Sözcü»
Amerika sanitariya nazorat boshqarmasi deyarli har kuni iste’mol qilinadigan hayot uchun xatarli mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Turkiyaning «Sözcü» gazetasi ro‘yxatdagi har bir mahsulotni izohlab berdi.

Nashrning yozishicha, quyidagi mahsulotlar ro‘yxatga kiritilgan:

— Tuxum. Noto‘g‘ri pishirilganda salmonella bakteriyalari chaqirgan infeksiyalar manbaiga aylanishi mumkin. Mutaxassislar tuxumni sovitkichda saqlashni, yaxshilab pishirishni va yangiligiga e’tiborli bo‘lishni maslahat berishadi. Shuningdek, xom tuxum qo‘shilgan taomlarni iste’mol qilmaslikka chaqiradi.

— Qo‘ziqorin. Ma’lumki, ayrim qo‘ziqorinlar shu darajada zaharliki, odamni halok qilishi hech gap emas. Zaharlanish yoki o‘lim xavfining oldini olish uchun mahsulotni pishirishdan oldin yana bir bor xavfsizligiga ishonch hosil qilish kerak.

— Brokkoli. Organizmga ichak tayoqchasi kabi xavfli bakteriyalar tushishining oldini olish maqsadida yashil sabzavotlar, jumladan, brokkolini ham yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘kpiyoz, ismaloq va rukkolaga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Ushbu yashil bargli sabzavotlar ham infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkin.

— Qahva. Ushbu ichimlikning zarari haqida juda ko‘p gapirilgan — u tishlarning sarg‘ayishiga, tana suvsizlanishiga va uyqu tartibining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, teriga issiq suyuqlik tushganda uchinchi darajadagi kuyishga sabab bo‘lishi mumkin. Maqola mualliflari qahva kompaniyalarini sudga bergan ayolni misol tariqasida keltirgan. U ustiga qahvani to‘kib qo‘yib, shifoxonaga tushib qolgan. Shundan so‘ng qahva idishlarida «Ehtiyot bo‘ling, issiq qahva» degan yozuv paydo bo‘ldi.

— Tunes.[/b] Dunyo bo‘yicha eng ko‘p iste’mol qilinadigan baliqlardan biri bo‘lishiga qaramay, ayrim odamlar uchun xavfli hisoblanadi. Jumladan, ushbu baliq ona qornidagi go‘daklar va bolalar uchun xatarlidir: ko‘p miqdorda iste’mol qilingan oq tunes nerv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

— Yeryong‘oq. Maqola mualliflari keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, yeryong‘oq oziq-ovqat allergiyasi tufayli kelib chiqqan o‘limning asosiy sababchilaridan biri sanaladi.

[b]— Ustritsa.
Ushbu mahsulotning ham tayyorlanish jarayonini nazorat qilish kerak. Ustritsa suv havzalari iflosligi tufayli infeksiya tashuvchisiga aylanadi. Ular suv tubida yashab, planktonlar bilan oziqlanadi va bakteriyalarga «to‘yinadi».

— Sosiska. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ovqatlanish vaqtida 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘g‘ilish xurujlarining 20 foizi aynan sosiskalar tufayli kelib chiqadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar