“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:15
ЎЗO‘Z

Sog‘lom ozish, yaxshi xotira va teri salomatligi — yong‘oq suvining foydali xususiyatlari haqida

08 avg, 12:40 5 714 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘lom ozish, yaxshi xotira va teri salomatligi — yong‘oq suvining foydali xususiyatlari haqida Foto: Shutterstock
Yong‘oq mevasining juda ko‘p foydalari borligi barchaga ayon. Ammo bu mevani suvga ivitib, suvini ichishning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari bor.

Ushbu sharbat tanadagi ortiqcha yog‘ni kamaytirish, qondagi shakar miqdori va yurak urishini me’yorga solish, Alsgeymer (xotira zaiflashishi) kasalligi xavfini kamaytirish, qabziyatni davolash va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda foyda beradi.

Qanday tayyorlanadi?
Kechqurun uxlashdan oldin, bir stakan suvga po‘stidan tozalangan bir dona yong‘oqning hammasi solib qo‘yiladi. Ertalab uyg‘ongach, och qoringa faqat suvi yoki yong‘oqlari bilan ichiladi.

Yong‘oq suvining shifobaxshligi

Foto: Shutterstock
Qandli diabetda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Och qoringa ichilgan 1 stakan yong‘oq suvi qondagi ortiqcha shakar miqdorini kamaytiradi. Tarkibidagi vitaminlari qondagi shakar miqdorini me’yorga soladi va yurak xuruji xavfini kamaytiradi.

Stressdan chiqishga yordam beradi. Yong‘oq suvidan anti-stress sifatida foydalansa bo‘ladi. U asab sistemasini tartibga solib, insonga sokinlik bag‘ishlaydi. Yong‘oq suvi yurak sog‘lomligini saqlaydi. Qon aylanishini tartibga solib, yurak tomirlarining yaxshi ishlashiga ko‘maklashadi.

Jigarni sog‘lomlashtiradi. Yong‘oq suvi jigar funksiyalarini yaxshilaydigan vitaminlarga boy. Gormonlarni me’yorga solish natijasida jigar faoliyatini yaxshilaydi.

Qalqonsimon bez kasalligida qo‘l keladi. Qalqonsimon bez kasalligidan aziyat chekadigan kishilar ko‘p-ko‘p yong‘oq suvi iste’mol qilishlari kerak.

Sog‘lom ozishga yordam beradi. Yong‘oqning mag‘zini suvga solib iste’mol qilish orqali tanadagi ortiqcha yog‘larni eritish mumkin.

Terini sog‘lomlashtiradi. Tartibli va muntazam yong‘oq suvini iste’mol qilish yuzni namli, jonli, porloq bo‘lishini ta’minlaydi. Zamburug‘, turli yaralar kabi teri va yuz kasalliklarini davolaydi.

Harakatchanlikni yaxshilaydi. Qon tarkibidagi shakarni me’yorga keltirib, qon almashinuvini yaxshilaydi, buning natijasida kun davomida harakatchan bo‘lishni ta’minlaydi.

Xotirani kuchaytiradi. Miya funksiyalarini yaxshilaydi. Eng asosiysi, Alsgeymer kasalligi ehtimolini pasaytiradi.

Homilador ayollarga yordam beradi. Yong‘oq suvini homilador yoki emizikli ayollar doimiy iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. Chunki yong‘oq suvi homiladorlikda semirib ketishning oldini oladi.

Hazm sistemasini yaxshilaydi. Yong‘oq suvi hazm sistemasini tartibga solib, qorinda gaz yig‘ilishining oldini oladi. Qabziyat bilan muammosi borlar uchun ham ayni muddao.

Uyqusizlik muammosini hal etadi. Uxlashdan oldin ichib yotilgan 1 stakan yong‘oq suvi tinch va bezovtalanmay uxlashni ta’minlaydi.
Mustahkam sochlar va sog‘lom tirnoqlar. Soch va tirnoqlarni sog‘lomlashtiradi, ularning chiroyli va jilokor ko‘rinishiga yordam beradi.

Yong‘oq suvining zararlari bormi?

Foto: Shutterstock
Yong‘oq suvi foydalari bilan bir qatorda zararli xususiyatlari ham bor. U hammaga ham tavsiya etilavermaydi:
– yong‘oq allergiya qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgani uchun ba’zan terida qizarish, qichishish, dog‘ qoldirishi mumkin;
– yong‘oq suvi ba’zan diareya (ich ketishi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin;
– ba’zan bosh og‘rig‘ini paydo qiladi;
– oshqozonida muammo bo‘lganlarga tavsiya etilmaydi. Bunday holatda yong‘oq suvini ichish oshqozonda og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin.

Qancha muddat ichib yursa bo‘ladi?
Yong‘oq suvini bir kunda eng ko‘pi 1 stakan ichish mumkin. Ta’sirini sezish uchun 15 kunda bir tanaffus qilib olish kerak. Agar ozish uchun iste’mol qilayotganlar bo‘lsa, toki istagan vaznga tushgunlaricha muntazam bir kunda 1 stakandan ichib yurishlari ham mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 124
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 296
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar