“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:02
ЎЗO‘Z

Yozda qanday nonushta qilish kerak?

15 iyul, 10:39 3 383 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yozda qanday nonushta qilish kerak? Foto: Cosmopolitan
Ovqatlanish va iste’mol mahsulotlari mavsumga qarab farqli bo‘lishi mumkin. Yozda nonushtaga nima iste’mol qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

1. Mevalar A, C, kaliy, fosfor va boshqa bir qancha vitaminlar koni bo‘lgani bilan kunlik mikroelementlarning barchasi bilan ta’minlay olmaydi. Shu sabab ham kalsiy va oqsilni boshqa mahsulotlardan qabul qilish tavsiya qilinadi.

Oqsil — hujayralar tashkil topishida ahamiyatli hisoblanadi. Quyidagi mahsulotlar esa oqsilning koni hisoblanadi: sut mahsulotlari va tuxum hayvon oqsiliga, yong‘oqlar, don va urug‘lar esa o‘simlik oqsilining manbasidir.

Oqsilga boy va mazali nonushta tayyorlash uchun, suli yormasi va rezavorlarni aralashtirib, yong‘oq qo‘shish yoki kruassan va olmali sharbat ichish tavsiya qilinadi.

Tvorog va bodom qo‘shib tayyorlanadigan «zapekanka», asal va greypfrutli sharbat ham a’lo variant.

Kalsiy
Kalsiy nafaqat suyaklarni mustahkamlash, balki yallig‘lanish hamda allergiyaga qarshi samarali hisoblanadi. Kalsiyga boy nonushta tayyorlash uchun, pishloq, yong‘oq, tvorogdan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, tvorog va ko‘katlarni qo‘shib tost tayyorlash va greypfrutli sharbat iste’mol qilish yoki mak qo‘shib pishirilgan keks va sitrusli sharbat bilan nonushta qilishingiz mumkin.

2. Og‘ir va yog‘li bo‘lmagan mahsulotlarni foydali tabiiy mahsulotlar bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Masalan, kolbasa orniga‘​ tovuq filesi, qovurilgan tuxum o‘rniga sabzavotlar qo‘shib omlet tayyorlash mumkin. Shuningdek, sitrusli sharbatlar xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam berishini unutmagan holda, tongda apelsin yoki greypfrutli sharbat ichish tavsiya qilinadi.

Foto: Cosmopolitan
3. Nonushta ratsioningizdan teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan bug‘​doydan tayyorlangan non va rezavorlar o‘rin olishi kerak.

Foto: Cosmopolitan
4. Issiq mamlakatlarning taomnomasidan ilhomlaning. Masalan, Ispaniyada qizdirilgan nonga sarimsoq surtib, pomidor va zaytun qo‘shib iste’mol qilish odatiy nonushta hisoblanadi. Ichimlik sifatida esa ispanlar apelsin sharbati yoki qahva ichishni afzal biladi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 201
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 313
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 171
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 360
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar