“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:17
ЎЗO‘Z

Eskirgan va kiyish tavsiya qilinmaydigan 5 yozgi libos

14 iyul, 12:27 6 468 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eskirgan va kiyish tavsiya qilinmaydigan 5 yozgi libos Moda olamida tendensiyalar va urflar muntazam ravishda yangilanib turadi. Trendlarga befarq bo‘lmagan ayol-qizlar yildan yilga qulay, erkin harakatlanish mumkin bo‘lgan, ortiqcha bezaklarsiz ham didli ko‘rinadigan liboslar urfga kirayotganini yaxshi biladi. Lekin ko‘pchilik garderobida dolzarb deb o‘ylab olib qo‘yilgan kiyim-kechaklar ham yo‘q emas. Shunday nozik jins vakillari uchun yoz kunlari qanday liboslar kiymaslik kerakligiga to‘xtalib o‘tamiz.

Tirtiq va yirtiqlari bor jinsi shim

Foto: Getty Images
Bunday uslubdagi shimlar uzoq vaqt davomida zamonaviy qizlar uchun sevimli liboslardan biri bo‘lganiga qaramay, bugunga kelib tartibli va bel qismi baland bo‘lgan shimlar urfga kirdi. Alternativ sifatida yoz fasli uchun banan shaklini esga soluvchi, oq yoki och rang jinsi shimlarni tanlash tavsiya qilinadi.

Shortik va uzun mayka

Foto: Cosmopolitan
Shortik bilan furbolka, mayka bilan esa shim yoki yubka kiyish kerak. Shortik bilan mayka kiyish kishi qomatini to‘rtburchak qilib ko‘rsatib qo‘yadi. Bunday ko‘rinishga ega bo‘lmaslik uchun shortikni bel qismi balandini tanlash va kamar yoki yozgi lentalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bu qomatni chiroyli va ixcham, oyoqlarni esa uzun qilib ko‘rsatadi.

Uzun ko‘ylak va poshnali tufli

Maksimal darajada uzun, kamiga gulli printli ko‘ylak kiyib, poshnali tufli kiyish va aksessuar sifatida shlyapa kiyish tavsiya qilinmaydi. Ayollik latofatiga bu qadar ko‘p urg‘u bermaslik kerak. Oddiy didli kiyinish va shlyapa bilan obrazni to‘ldirish, gulli libos bilan esa oq krossovka yoki keta kiyish maslahat beriladi. Nazokatni aks ettirgan yaxshi, lekin me’yorida va kundalik bo‘lmagan obrazlar bilan.

Kalta, keng yupka va top

Foto: Cosmopolitan
Avvallari bunday kiyinish va poyabzal sifatida poshnali tufli tanlash, ayollik nafosatini aks ettirish uchun eng dolzarb usullardan biri bo‘lgan, ammo hozir emas. Agar siz latofatli ko‘rinishni istaydiganlardan bo‘lsangiz, gulli yoki xol-xol printli yozgi keng ko‘ylakka e’tiboringizni qaratish, oyoq kiyim sifatida esa qulay va harakatlanish uchun oson bo‘lgan baletka yoki bosonojkalar tavsiya qilinadi.

Kapri va futbolka

Foto: Cosmopolitan
Avvallari dolzarb bo‘lgan kaprilarning bugun urfdan qolishiga, bugungi kunga kelib dizaynerlar yopishib turadigan, qomatdagi muammolarni yaqqol ko‘zga tashlanishiga sababchi bo‘ladigan kiyim-kechaklardan qochib, erkin va qulay harakatlanish mumkin bo‘lgan trendlarni ilgari surayotgani sabab. Kapri o‘rniga keng va havo o‘tkazadigan, bel va oyoqlardagi kamchiliklarga e’tibor tortmaydigan kyulotlarni tanlashingiz mumkin. Obrazni oddiy oq futbolka va minimal oyoq kiyim, kechki tadbirlar uchun esa yorqin rangli bluzka va uchli tufli bilan muvaffaqiyatli yakunlash mumkin.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 190
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 353
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 244
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar