“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:07
ЎЗO‘Z

Zamonaviy o‘rta yoshli ayollar tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

13 iyul, 11:35 3 607 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zamonaviy o‘rta yoshli ayollar tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar Foto: Getty Images
Ayol kishi oila, farzand, o‘qish, ish va uy yumushlaridan ortib, salomatligi va tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratishi muhim sanaladi. O‘zingizni yaqinlaringiz va oila a’zolaringiz uchun ham asrashingiz, ularga sog‘lom kerak ekanligingizni yoddan chiqarmagan holda, quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Sport bilan shug‘ullanmaslik
Sport bilan shug‘ullanish nafaqat salomatlik, balki hayot tarzining qanday bo‘lishi bilan ham bog‘liq hisoblanadi. Mashqlarni muntazam bajarish bir qancha kasallik va muammolarning oldini oladi. Shu sabab sport bilan shug‘ullanishni ortga surmaslik tavsiya qilinadi.

Garderobni yangilamaslik
Shkafni ochib, keraksiz, kiyilmaydigan liboslarni tashlab yuboring. Kerak bo‘lib qolar deb almisoqdan qolgan kiyim-kechaklarni saqlab o‘tirmang. Kiyimlar soni emas, sifatiga e’tibor bering. Liboslar inson kayfiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini unutmang.

Yurak faoliyatiga e’tiborsizlik
Dunyoda eng ko‘p insonning hayotdan ko‘z yumishiga yurak-qon tomir kasalliklari sababchi bo‘lishini unutmang. Qon bosimingizni, xolesterin miqdori, vazningizni muntazam nazorat qilib turing. Bu orqali siz yurak kasalliklarining ma’lum miqdorda oldini olishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lasiz.

O‘zingiz haqingizda qayg‘urmaslik
Vaqt yetmaydi deb bahona qilishdan oldin behudaga sarflaydigan daqiqalaringiz haqida o‘ylang. Boshqalarni sevib mehr berishdan avval, o‘zingizni yaxshi ko‘rish va hurmat qilishni o‘rganing.

Kam uxlash
Ish, o‘qish va uy yumushlari bilan ovora bo‘lib uxlashni esdan chiqarib qo‘ymang. Hamma narsaga ulgurgan yaxshi, lekin uyqu hisobiga emas. Kun bo‘yi toliqqan organizm, kechasi to‘yib dam olishi kerakligini inobatga oling.

Soch turmagiga e’tiborsizlik
Yosh o‘tgani sayin soch to‘kilishi, avvalgidek qalin bo‘lmasligi kuzatiladi. Shu sabab ham yosh va tashqi ko‘rinishingizga mos soch turmagini tanlang. Sochingizga oq oralaganini payqashingiz bilan, rangiga o‘zgartirish kiriting asosiysi esa, parvarishlashni unutmang.

Tish shifokoriga bormaslik
Tishlarning butun va sog‘lom ekaniga diqqatingizni qarating. Tishlarning sog‘lom bo‘lmasligi nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i, balki ichak hazm tizimi hamda boshqa kasalliklarga ham olib kelishi mumkin. Tishlarning kariyesga uchrashi infeksion kasalliklarga ochiq eshik bo‘lish bilan birga og‘iz hidlanishiga ham sabab bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 105
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 235
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 142
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar