“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:34
ЎЗO‘Z

Hamma gap puldami? Pul bo‘lmasa-chi?

12 iyul, 20:13 3 412 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hamma gap puldami? Pul bo‘lmasa-chi? Foto: bbc.com
Hamma gap puldami? Pul bo‘lmasa-chi? - Yiliga $75000 dollar ishlasangiz, hayotingiz, umringizdan rozi bo‘lasizmi? Qancha pulingiz bo‘lsa, o‘zingizni dunyodagi eng baxtli inson, deb hisoblaysiz? Olimlar esa, javobini topishibdi...

"Baxtni pulga sotib olib bo‘lmaydi" yoki "Baxt pulga sotilmaydi", degan qarash o‘zbeklar orasida ham keng tarqalgan.
Amerikalik qator tadqiqot mualliflari esa, bugun butkul boshqacha fikr va xulosada.

Ularning aytishlaricha, pulingiz qancha ko‘paysa, o‘zingizni shuncha baxtli, baxtiyorroq his qilib boraverasiz.
2010 yilgi boshqa bir tadqiqotda esa, inson yiliga $75000 dollar topishni boshlasa bas, hayotidan qoniqish hosil qiladi-qo‘yadi, degan xulosaga kelingan.

Ammo, yangi tadqiqot mualliflariga ko‘ra, baxtlilik, baxtiyorlik masalasida topgan pulingizning chek-chegarasi yo‘q.
Olimlarning ilmiy ishlari shu kunlarda Amerika psixologlar uyushmasining jurnalida chop qilingan.

Unda mualliflar o‘z xulosalari kamida aholining muayyan qatlami uchun rad etib bo‘lmaydigan haqiqat ekanini da’vo qilishgan.
Tadqiqot mualliflaridan biri bo‘lgan psixolog Jin Tvenj San-Diyego universitetida ishlaydi.

U The Conversation saytida o‘zining bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi ahvol avvalgisidan ko‘ra farqli. Ya’ni, bugun odamlardagi baxtlilik, baxtiyorlik hissi, tuyg‘usi ko‘proq topayotgan puli, qilayotgan daromadiga bog‘liq.

Agar, tadqiqot xulosasiga tayanilsa, hozir pulga ko‘proq baxt sotib olish mumkin.
Olimlar bu kabi xulosaga kelish uchun yoshi 30 dan katta bo‘lgan 40 ming amerikalikning fikri, qarashini o‘rganishgan.

Manba: bbc.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 185
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 306
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 160
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 241
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar