“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 21:28
ЎЗO‘Z

Har kuni piyoda yurilsa inson organizmida qanday o‘zgarish kuzatiladi?

29 iyun, 19:03 5 752 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Har kuni piyoda yurilsa inson organizmida qanday o‘zgarish kuzatiladi? Foto: Ultimate Classic Rock
Inson organizmi jismonan faol bo‘lishga moslashgan. Lekin rivojlanish va shart-sharoitlar ko‘paygani sari inson dangasalashib boradi, buning oqibatida esa salomatligida bir qancha salbiy muammolar kuzatilishi mumkin.

Sog‘lom bo‘lish deganda ko‘pincha sport zalga borib, trener ko‘rsatmasiga binoan mashq bajarish tushuniladi, aslida esa salomatlik uchun toza havoda bir soat ko‘chada sayr qilishdan yaxshisi yo‘​q. Gap aynan qanday foyda haqida ketmoqda? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Miya faoliyati yaxshilanadi​
Yurish va sayr qilish miya faoliyatini yaxshilaydi. Sayr davomida inson o‘rtacha tezlikda harakatlanadi, bunda organizm zo‘riqmaydi, aksincha bir maromda faol bo‘ladi. Toza va musaffo havoda qilingan sayrdan keyin, asab tizimi va miya faoliyatida ijobiy o‘​zgarish kuzatiladi.

Piyoda yurish alsgeymer, ateroskleroz singari kasalliklar va psixologik tushkunlikning oldini oladi. Shu sabab ham shifokorlar keksa yoshli insonlarga toza havoda sayr qilishni tavsiya qiladi.

Ko‘z nuri ravshanligi ortadi
Sayr qilish glaukoma va boshqa ko‘z kasalliklari rivojlanishining oldini olishga yordam beradi, ko‘rish qobiliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi.

Yurak faoliyati yaxshilanadi
Sayr qilish qon aylanishi yaxshilanishi, qon bosimi va xolesterinning me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘​shadi. Bu esa yurakning bir maromda ishlashi, zo‘riqmasligiga olib keladi.

Nafas olish va o‘pka faoliyatining yaxshilanishi
Sayr davomida o‘pka hujayralari kislorod bilan to‘yinadi bu esa nafas olishda muammo bo‘lmasligi, immunitet mustahkamlanishi va turli virus kasalliklarini oldini oladi.

Bu hali hammasi emas
Inson o‘zini qanday his qilishi, depressiyaning yo‘qolishi, mushaklarning tonusda bo‘lishi, qomati chiroyli bo‘lishi va teri rangi tiniqlashishida piyoda yurishning samarasi beqiyos. Bularning bari hayotdan mamnunlik, xotirjamlik va ishga bo‘lgan layoqatning ortishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 101
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 109
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 281
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 190
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 252
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 0
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 0
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 1
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 10
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • Bo‘limlar