“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:36
ЎЗO‘Z

O‘ynashiga ishonib…

27 iyun, 19:19 7 802 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘ynashiga ishonib… Sohib (ismlar o‘zgartirilgan) o‘zining «Jiguli» mashinasida kirakashlik qiladi. Bir kuni mashinasiga bir qiz o‘tirdi. Sohib ko‘p ovora bo‘lmay qizning ismi Nigina ekani-yu telefon raqamini ham bilib oldi.

Shundan keyin ular telefonda gaplashib, tez-tez uchrashadigan bo‘lishdi. Nigina bitta farzandi bilan oilasidan ajrashgan, o‘z bilganiday kun ko‘rardi. Sohib ham uylangan, lekin buni Niginadan yashirdi. Ularning kunda-kunora uchrashuvlari zinoga boshladi.

Kun kelib Sohibning siri ochildi. Xotini borligini Nigina bilib qoldi. «Xotinimga ko‘nglim yo‘q, sen bilan yurganimni unga aytganman» deb vaziyatdan chiqib ketdi.

Sohib qonuniy yoki shar’iy nikohdan o‘tmagan bo‘lsa-da Niginani qattiq rashk qilardi. Biror-bir erkak bilan gaplashishiga yo‘l qo‘ymasdi. Shuningdek, unga turli cheklovlarni qo‘ya boshladi.

Sohib doim «menga xiyonat qiladigan bo‘lsang, yuzingni buzaman, ayab o‘tirmayman» deb ko‘p aytardi. Uning bunday munosabatlaridan bezib qolgan Nigina undan qochishga urindi.

Orada ishlash uchun Rossiyaga ketib qoldi. Biroq u yerda ham ko‘ngli xotirjam bo‘lmadi. Sohib uning o‘g‘lini yoqtirmasdi. «Men yo‘qligimda o‘g‘limga biror nima qilmasmikan?» degan xayol Niginaga tinchlik bermadi. Oxiri uyiga qaytdi. Uni Sohib kutib oldi va ovloq joyga olib borib kaltakladi. Nigina qo‘rqqanidan hech kimga arz qilmadi.

Nigora singlisining hayotidan, Sohibning unga munosabatidan xabardor edi. «Qachongacha bunday yurasan? Militsiyaga arz qil uning ustidan» deb bir necha marta aytdi. Lekin Nigina bunga ko‘nmadi.

Shunday kunlarda Nigina Davron ismli yigit bilan tanishib qoldi. Davron ham farzandli bo‘lmagach oilasidan ajrashgan ekan.
U Niginani yoqtirib qolganini onasidan yashirmadi.

«Qizni uyga olib kel, men gaplashib olay. Senga yoqqan bo‘lsa nikoh o‘qittiramiz», – dedi Gulruxsor opa o‘g‘liga.
Shundan so‘ng Nigina Davronning uyida yashay boshladi.

Ko‘p o‘tmay Sohib bundan xabar topdi. Gulruxsor opaning ish joyiga kelib, o‘zini tanishtirdi va muddaoga o‘tdi.
– Men Nigina bilan yuraman. Biz bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz. U o‘g‘lingizni aldab yuribdi, – dedi.

U:
– Men u qiz bilan gaplashdim. O‘g‘limga befarq emas. Ishonmasangiz uyga yuring, gap­lashib olamiz, – deb Sohibni uyiga boshladi.
– Men sizni yoqtirmayman. Davronni yaxshi ko‘raman. Bir qarorga keldim, shu yerda qolmoqchiman. Biz turmush qurmoqchimiz, – dedi Nigina qat’iy ohangda.

Qizning javobidan Sohibning jahli chiqdi.
– Agar shu qiz uyingizda qolsa, ularni birga yashatsangiz, o‘g‘lingizni tinch qo‘ymayman, – dedi Sohib Gulruxsor opaga tahdid qilib.

Onaning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi, o‘g‘lidan xavotirlanib qoldi. Keliniga vaqtincha uyidan ketib turishini aytdi.

Nigina ammasinikiga ketishga majbur bo‘ldi.
Sohib uni yaxshi bilardi. Ammasinikidan osongina topdi. Davron bilan birga uni yo‘qlab bordi.

– Mashinaga o‘tir, – deb baqirdi Niginaga qarab.
– Minmayman. Hech qayerga bormayman, – dedi hech nimadan bexabar qiz.

Uning vajohatidan, baqiraverganidan qo‘rqdi. Opasi bilan mashinaga o‘tirdi. Sohib ularni Gulruxsor opaning oldiga boshlab borayotgandi.

Yo‘l-yo‘lakay Sohib bir necha marta «va’da – va’da» deb takrorladi. Ayolning oldiga borgach, «bu qiz erkaklar bilan yuradi, fohishalik qiladi» deb uni fikridan qaytarmoqchi bo‘ldi. Davronga qarab:

– Agar onang seni yashashingga qo‘ysa, men hech nima demayman, – dedi.
– Ular birga yashaydi. Sen esa Davronga tegmayman deb tilxat yozib berasan, – dedi Gulruxsor opa.

Shu payt Nigina «rahmat, onajon» deb ayolni quchoqladi. Sohibning jahli chiqib ketdi. «Qachondan beri onajoning bo‘lib qoldi?» deb uning qo‘lidan tortdi. Yonida bo‘lgan pichoqni olib, qizning bo‘yniga tortib yubordi. Keyin baqirgan Nigorani quvib ketdi. Uni ham jarohatladi. Atrofga odam to‘plandi. To‘planganlardan hech kim yigitni to‘xtatay demasdi. Sohib o‘zini bosib olmadi. Niginaga yana jarohat yetkazdi. «Menga xiyonat qilsang, yuzingni buzaman» degan so‘zining ustidan chiqdi. Qizning yuz-ko‘zi demay tilib tashladi. Shu payt kimdir uni to‘xtatib qoldi. Yana kimdir IIBga xabar qildi. Gulruxsor opa Niginani o‘g‘lining mashinasiga mindirib, tezda shifoxonaga jo‘natdi. IIB xodimlari Sohibni olib ketishdi.

Opa-singil ancha payt shifoxonada yotib davolanishdi. Ayni paytda ularning sog‘lig‘i yaxshi. Biroq Niginaning bo‘ynida chandiq qoldi.
Ular suddan Sohibni qonunda nazarda tutilgan tartibda jazolashni va jarrohlik operatsiyasiga ketadigan xarajatni undirib berishni so‘rashdi.

Sud hukmi bilan Sohib 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sohib avval ham uch marta sudlanib jazoga tortilgan. Zora bu galgi jazo uning ko‘zini ochib, qolgan umrini mazmunli o‘tkazishiga turtki bo‘lsa.

Yuqoridagilarni o‘qib, nahotki oilaga shunchalar yuzaki qaraydiganlar bo‘lsa deb ajablanasan kishi. Yengil-yelpi hayotni ma’qul ko‘rish, kelajakni o‘ylamaslik kishilarni jaholat botqog‘iga botiradi.

Manba: Huquq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 148
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 113
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 289
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar