“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko‘rish sirini aytdi

02 iyun, 10:41 3 885 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko‘rish sirini aytdi Foto: «romania-insider.com»
Britaniyalik 112 yoshli Bob Ueytonning o‘limidan so‘ng Yer yuzidagi eng keksa erkak deb ruminiyalik 111 yoshli Dumitru Komanesku tan olindi. Buxarestlikning uzoq umr ko‘rish sirini «Romania-Insider.com» sayti ma’lum qildi.

Buxarest qariyalar markazi press-reliziga ko‘ra, Komanesku Gerontologik tadqiqotlar guruhi (GRG) tomonidan eng keksa erkak deya e’lon qilingan. Bu guruh super uzoq umr ko‘ruvchilarni kuzatib boruvchi va tekshiruvchi turli sohadagi global tadqiqotchilar guruhi hisoblanadi.

Komaneskuning tan olishicha, uzoq umr ko‘rishining siri turmush o‘rtog‘i, o‘g‘illari va nevaralarining unga bo‘lgan mehr-muhabbatidadir. Dumitru 1908 yil 8 noyabr kuni Praxova okrugi Provitsa-de-Jos kommunasida dunyoga kelgan. Yoshligida u Ruminiya differensial geometriya maktabining asoschisi hisoblanmish taniqli matematik George Sitseykaning matematika fakultetida ta’lim olgan. Keyinchalik Komanesku mutaxassisligini o‘zgartirishga qaror qilib, qishloq xo‘jaligini o‘rgana boshlagan. Universitetni tamomlagach 70 yil o‘simlik kasalliklari bo‘yicha mutaxassis va agrotexnik bo‘lib faoliyat yuritgan.

2020 yil fevralda Buxarest ma’muriyati Komaneskuni Ruminiyaning eng keksa fuqarosi deya e’lon qildi. Unga 5 ming Rumin leyi (taxminan 1150 dollar) to‘lab, esdalik yorlig‘ini topshirdi.

28 may kuni Bob Ueyton vafot etdi. U 112 yoshida (112 yil va 60 kun) onkologik kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Britaniyalik ushbu sharafli nomga Yaponiyada 112 yoshli Titetsu Vatanabe vafotidan so‘ng bor-yo‘g‘i uch oy egalik qilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 116 yil va 54 kun yashagan yaponiyalik Dziroemon Kimura Yer yuzida eng ko‘p umr ko‘rgan erkak hisoblanadi. Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha umume’tirof etilgan rekord fransuz Janne Kalmanga tegishli bo‘lib, u 1997 yilda 122 yoshida vafot etgan (122 yil va 164 kun). Lekin tadqiqotchilar uning yoshidan shubhalanishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 163
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 116
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 291
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 403
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar