“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:27
ЎЗO‘Z

To‘yimli nonushtadan keyin ham ochlikni his qilishning sababi nimada?

30 мая, 16:14 3 638 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘yimli nonushtadan keyin ham ochlikni his qilishning sababi nimada? Foto: Prodi Gus
Nonushta kunlik energiya manbayi hisoblanadi va kunning qanday o‘tishi qanchalik yaxshi nonushta qilingani bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ammo shunday paytlar bo‘ladiki, to‘yib nonushta qilgandan keyin hech qancha vaqt o‘tmay yana qorin ochadi. Harper’s Bazaar nashri buning sababi nimada ekanligiga to‘xtaldi.

To‘yimli nonushtadan keyin ham ochlikni his qilishning boisi ne?
Tarkibida shakar yoki tozalangan uglevodlar ko‘p bo‘lgan mahsulot qondagi glyukoza miqdorining keskin oshishiga sababchi bo‘ladi. Bu degani qancha tez ko‘paysa shuncha tez kamayadi va siz hech qancha o‘tmay ochlikni his qilasiz.

Nonushtaga nima yeyish kerak?
Qondagi qand miqdorini me’yorda ushlash uchun tarkibida oqsil va kletchatka bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Donli mahsulotlar kletchatkaning asosiy manbayi hisoblanadi. Shu bois nonushtani grechka, suli yormasi, jo‘xori va jigarrang guruchli mahsulotlardan tayyorlang.

Agar ertalabdan tost yeyishni ma’qul ko‘rsangiz, unda oq undan emas, donli o‘simlik unidan tayyorlangan tost yeyishga harakat qiling. Tost ustiga oqsil manbayi bo‘lgan tuxumni qo‘ying. Bodom yoki araxis moyi tuxum o‘rniga alternativ bo‘lishi mumkin. Iloji boricha shakarsiz mahsulotlarni tanovul qiling.

Foto: Getty Images
Agar myusli bilan tongni qarshi olishni xush ko‘radiganlardan bo‘lsangiz, unda yeyishdan avval uning tarkibini yaxshilab ko‘zdan kechiring: tozalangan uglevodlarni o‘z ichiga olgan bo‘lmasin. Foydali myusli tarkibida donli mahsulotlar, barra yoki quritilgan mevalar bo‘lishi shu bilan birga, ortqicha shakarli qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak.

Yaxshisi, bolaligimizdagi kabi nonushtaga bo‘tqa yeng. Bo‘tqalar tarkibida murakkab uglevodlar mavjud bo‘lib, ular kishini uzoq vaqt to‘q tutadi. Quruq bo‘lmasin desangiz, bo‘tqaga qovoq, yong‘oq va shirin bo‘lmagan yogurt qo‘shing. Bunday nonushta pechene yoki baton bilan tushlikkacha tanovul qilib olishning oldini oladi.

Foto: Amapur
To‘g‘ri nonushtadan keyin ham qorin ochsa nima qilish kerak?
Bunday vaqtda sizda glyukoza yetishmovchiligi kuzatilayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday vaziyatda kletchatkaga boy olma yoki oz miqdorda yong‘oq iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Qaysi vaqtda nonushta qilish kerak?
Uyg‘onganingizda, bir kun avvalgi kechki ovqatdan 10-11 soat vaqt o‘tgan bo‘lishi va siz ochlikni his qilishingiz kerak. Tongda o‘zingizni qanday his qilishingiz bir kun avval kechki ovqatga nima yeganingizga bog‘liq. Tarkibida shakar va tozalangan uglevod, kofein yoki alkogol bo‘lgan mahsulotlar, qonda glyukozaning keskin ko‘payib, keyin kamayishiga uning oqibatida esa ertalab ko‘ngil aynishiga olib keladi. Bunday holat kuzatilmasligi uchun kechki ovqat oqsil va murakkab uglevodlar bilan balansda bo‘lishi kerak.

Foto: TripSavvy
Yana nimalarga e’tibor berish kerak?
Agar ertalabdan hech narsa yeyishni istamasangiz, unda hech bo‘lmaganda foydali kokteyl iching. Asosiysi, tanangizga quloq tutgan holda ovqatlaning, ammo unutmang, ba’zida chalg‘ituvchi signallar ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ochdek tuyulish ortida organizmning suvsizlanishi bo‘ladi, bunday vaqtda esa muzlatkichni ochishga shoshmasdan, bir stakan suv ichish tavsiya qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 188
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 352
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar