“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:33
ЎЗO‘Z

Namozdan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish kerakmi?

29 мая, 00:03 7 626 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namozdan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish kerakmi? Duoda qo‘lni ko‘tarish borasida juda ko‘p hadislar kelgan. Hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘llarini ko‘tarib duo qilganlari ham, qo‘l ko‘tarishga buyurganlari ham rivoyat qilinadi.

Jumladan, imom Bayhaqiy Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam duo qilsalar qo‘llari barmoqlarining uchlari yelkalari barobar bo‘lar edi" deyilgan bo‘lsa, Soyib ibn Yazid raziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilsalar, qo‘l ko‘tarar, keyin yuzlariga surtar edilar" deyiladi.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda hazrati Umar raziyallohu anhu "Qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duoda qo‘l ko‘tarsalar, yuzlariga surtmasdan uni tushirmas edilar" deganlar.

Nabiy alayhissalomning duoda qo‘l ko‘tarishni buyurganlari esa quyidagi hadisda vorid bo‘lgan.

"Qachon Allohdan so‘rasanglar, kaftlaringizning ichki tomoni bilan so‘ranglar, ularning orqa tomoni bilan so‘ramanglar! Bas, qachon duodan forig‘ bo‘lsangiz, kaftlaringizni yuzlaringizga surtingiz!”. Bu hadisni imom Abu Dovud rivoyat qilgan.

Mazkur hadislardan duoda ko‘l ko‘tarish shariatda joiz, balki buyurilgan amal ekani ma’lum bo‘lmoqda. Aslida umumiy holatlarda qo‘l ko‘tarish joiz ekani va bu ishdan qaytaruvchi dalil yo‘qligi namozdan keyingi duolarda qo‘l ko‘tarish joizligiga dalolat qiladi.

Aynan namozdan keyingi duoda qo‘l ko‘tarish borasida ham hadislar rivoyat qilinadi. Ibn Abu Hotim tafsirida Abu Hurayra raziyallohu anhuning "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam salom berganlaridan keyin qiblaga qaragan holda qo‘llarini ko‘tarib "Allohim..." deb duo qildilar" degani rivoyat qilinadi.

Tabaroniy rivoyatida "Abdulloh ibn Zubayr bir kishining namozdan forig‘ bo‘lmasdan oldin duoga qo‘l ko‘targanini ko‘rib "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozdan forig‘ bo‘lmasdan duoga qo‘l ko‘tarmas edilar" degan" deyiladi.
Bu borada bulardan boshqa bir necha hadislar rivoyat qilinadi. Garchi bu hadislar zaif sanad bilan kelgan bo‘lsa-da, aksar deyarli barcha ulamolar nazdida fazilat va savobga oid amallarda zaif hadis hujjat bo‘laveradi.

Asr muhaddisi Anvarshoh Kashmiriy "Fayzul Boriy" da shunday deydi. "Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aksar duolari zikr shaklida bo‘lar edi. Doim tillari zikr bilan nam holatda yurar edilar. Inson holatlarining barchasida, turish, o‘tirish va yonboshlash hollarida zikrda bo‘lar edilar. Barcha hollarda doimiy zikrda bo‘lsalar u zotga doimo qo‘l ko‘tarib yurish shart bo‘lmaydi.

Chunki qo‘l ko‘tarish ma’lum maqsad uchun joriy bo‘lgan ma’lum bir holatdir. U bir narsani so‘rashdir. Bu ma’noni bilgandan keyin yuragingizni siqayotgan narsadan qutuling. Qo‘l ko‘tarish bid’at emas. Garchi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozdan keyin kam hollarda qo‘l ko‘targan bo‘lsalar ham, juda ko‘p hadislarda bunga og‘zaki ravishda targ‘ib qilganlar. Zikr va duo bobida u zotning odatlari shu edi.

U zot uchun Alloh taolo ixtiyor etgan narsani o‘zlariga ixtiyor etganlar va boshqa holatlar uchun ummatni targ‘ib etganlar. Bizdan biron kishi namozdan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilishga odatlansa u inson Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘zlari ko‘p qilmagan, lekin targ‘ib etgan ishni qilayotgan bo‘ladi. Bu masalani "Naylul farqadayn"da batafsil zikr qilganman
"
deydi.

Anvarshoh Kashmiriy mazkur kitobning boshqa joyida "Namozlardan keyin duo qilish inkor etib bo‘lmas darajada sobit bo‘lgan. Lekin ularda qo‘l ko‘tarish nafllardan keyin bir-ikki marta vorid bo‘lgan. Ba’zilar qo‘l ko‘tarishni bid’at deydilar. Qiziq, bir-ikki marta sobit bo‘lgan narsa mustahab bo‘lmay bid’at bo‘ladimi? Boshqa barcha mustahab ishlar ham shunday shaklga ega-ku?! Goh-gohida sodir bo‘ladi, keyin ummat unga amal qilishda davom etadi" deydi.

Yuqorida o‘tgan narsalardan bizga ma’lum bo‘ladiki, namozdan keyingi duolarda qo‘l ko‘tarish joiz, balki mustahab amallardan ekan.

Vallohu a’lam.

Habibulloh Jo‘raboyev,
Toshkent islom instituti mudarrisi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 141
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 109
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 281
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 190
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 253
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar