“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:28
ЎЗO‘Z

Ayol kishi o‘z eriga nima deb murojaat qilishi kerak?

10 мая, 03:00 23 310 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayol kishi o‘z eriga nima deb murojaat qilishi kerak? Savol:
Yoshligimizda kattalar ayrim ishlarni "yomon bo‘ladi", deb qaytarishardi. Keyin bilsak, ular dinimizda harom va makruh bo‘lgan amallardan qaytarishgan ekan. O‘zlarining amal qilishlariga o‘sha "yomon bo‘ladi" yetarli bo‘lgan ekan. Bugun ana shunday "yomon bo‘ladi"gan ishlardan birining hukmini ko‘rib qoldim. Qizig‘i bunday oddiy masalaga aqli va fikri o‘tkir fuqaholarimiz Qur’oni karimdan ham dalil olishgan ekan.
Mana o‘sha masala:
Savol: Erni ismini aytib murojaat qilishning hukmi nima?
Javob:
"Durrul muxtor"da shunday deyiladi: "Ayol erini ismi bilan chaqirsa makruh bo‘ladi". Buni sharhlab Ibn Obidiyn rahimahulloh o‘z "Hoshiya"larida shunday yozadilar: "Erga murojaat qilishda hurmatlashni ifodalaydigan "xo‘jayin" yoki shunga o‘xshash lafz ishlatish lozim. Usmon ibn Ato o‘z otasidan rivoyat qiladi: Said ibn Musayyibning xotinlari: "Bizlar erlarimizga, sizlar amirlaringizga so‘zlaganingizdek so‘zlar edik, Alloh isloh qilgur, ofiyat bergurlar", degandilar.

Ummu Dardo Jahmiyya erlari Abu Dardo roziyallohu anhudan hadis rivoyat qilsalar: "Menga sayyidim (xo‘jam) hadis aytdilar", deb boshlar edilar.

Imom Navaviy "Sahihi Muslim"ning sharhida: "Menga Ummu Dardo hadis aytdi: "Menga xo‘jam hadis aytdi", degan joyini shunday izohlaydilar: "Ya’ni, "xo‘jam"dan murod erlari Abu Dardodir. Bundan ayol erini xo‘jam, (yo xo‘jayinim) deyishi joiz ekani bilinadi". Bunga o‘xshash narsa Qur’onda ham bor. "Eshik oldida u(xotin)ning xo‘jayiniga duch kelishdi" ("Yusuf" surasi, 25-oyat). "Xo‘jayini" - eri degani".

Alloh oldingi ayollarni rahmat qilsin! Ummatga ulardan yaxshi o‘rinbosarlar qoldirsin!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 144
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 111
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 284
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 190
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 254
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar