“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:05
ЎЗO‘Z

Yosh ko‘rinish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

02 мая, 12:00 3 696 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yosh ko‘rinish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Foto: Peoples
Inson necha yoshda bo‘lishi emas, o‘zini necha yosh deb bilishi va oynaga qaraganda nimani his qilishi muhim. Yosh ko‘rinishni istovchilar uchun quyidagi tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

Hayotdan zavqlanib yashang
Ba’zi ayollar 30 yoshdayoq yoshi o‘tgan, hamma yaxshi narsalar ortda qolgan deb hisoblaydi, ba’zilar bo‘lsa 70 yoshda ham o‘zini qari deb hisoblamaydi va hayotdan maksimal darajada zavqlanib yashaydi. Siz o‘​zingizni qanday his qilishingiz tanlovingizga bog‘liq. Yosh haqida emas, oldinda yana qanday yangiliklar sizni kutayotgani haqida o‘ylashga harakat qiling. Farzandlaringiz katta bo‘lgan bo‘lsa, sizda o‘zingizga ko‘proq vaqt ajratishga imkon bor. Shunday ekan, sizni qiziqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Baxtdan ko‘zlaringiz porlasin, har bir yangi kunga shukr qilib, bahra olib yashang. Unutmang ruhiyatingiz, o‘zingizni qanday his qilishingiz tashqi ko‘rinishingizda aks etadi.

Yangi imij

Foto: «V kurse jizni»
Oxirgi marta qachon soch rangi, turmak yoki makiyajingizni butunlay o‘zgartirdingiz? Kiyinish uslubingizni-chi? Ancha bo‘lgan bo‘lsa, bahor mavsumi tashqi ko‘rinishga o‘zgartirish kiritish uchun ayni muddao. Karantin vaqtida bo‘lsa, bemalol nimalarni o‘zgartirish haqida aniq qarorga kelib olishingiz mumkin. Sochingiz och rangda bo‘lsa, to‘q rangga bo‘yang yoki aksincha. Faqat bu borada yuz tuzilishi, qaddi-qomatingizga qarab ish tuting.

Garderobingizni yangilang
Garderobdagi liboslarning sizni tashqi ko‘rinishingiz qanday bo‘lishida ahamiyati katta. Yarashgan, bejirim liboslar kishini yosh ko‘​rsatsa, beo‘xshov libos ortiqcha yosh qo‘shadi.

Yosh ko‘rinish uchun quyidagilarga e’tibor bering:
- Haddan tashqari keng va uzun liboslardan voz keching.
- To‘q va kul rang liboslar kiyishdan qoching. Bunday rang yuzni rangsiz va nosog‘lom ko‘rsatadi.
- Yoshingizga yarashmaydigan bachkana liboslarni tanlamang. Kiyinish borasida oltin oraliqni toping.
- Bir vaqtning o‘zida 3 tadan ortiq taqinchoq taqmang. Keragidan ortiq yaltir-yultir yoshga yosh qo‘shadi.
- Chiroyli obraz uchun birgina taqinchoqning o‘zi yetarli.

Sport va sog‘lom turmush tarziga amal qiling
Yosh ko‘rinishni istaysizmi? Sport bilan shug‘ullaning. Yoqadimi, yo‘qmi, lekin bu haqiqat — ortiqcha kilo yoshni katta ko‘rsatadi. Ko‘proq yayov yuring, bir joyda uzoq harakatsiz o‘tirmang.

Tiniq va sog‘lom teri
Teri ko‘rinishi sizning yoshingiz haqida ko‘p narsani aytib beradi. Aksariyat ayollar yuz ko‘rinishiga e’tibor qaratadi, ammo bo‘yin va qo‘l ko‘rinishi qandayligini unutadi. Teri uchun mo‘ljallangan balzam va kremlardan foydalanishni yoddan chiqarmang.

Makiyajga e’tibor bering
Makiyajdan avval yoshartiruvchi krem surtishni unutmang. Tonal kremdan ko‘p foydalanmang. Bunday kremlar ajinni ko‘paytiradi.

Lab bo‘yog‘ining neytral rangini tanlang. Haddan ortiq to‘q rang yoshni katta ko‘rsatadi.
Haylayterni ham me’yoridan ortiq ishlatmang.

Ovqatlanishda e’tiborli bo‘ling
Siz iste’mol qiladigan narsalar tashqi ko‘rinishingiz qanday bo‘lishining eng asosiy omili hisoblanadi. Yosh ko‘rinish uchun xamirli, shirin, qovurilgan, tuzli mahsulotlarni yeyishni kamaytiring. Sabzavot, meva va sutli mahsulotlarni ratsioningizga kiriting.
tavsiyalar, Yosh ko‘rinish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 149
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 304
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 154
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 344
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 234
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar