“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

Ilmiy isbot: Ro‘za tutgan kishi yosharadi...

30 apr, 14:04 3 319 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilmiy isbot: Ro‘za tutgan kishi yosharadi... Olimlar ro‘za tutish bilan ming dardni davolasa bo‘ladi, deyishadi. Xususan, ro‘za tutgan odam oshqozon kasalliklari, bo‘g‘inlardagi muammolar, tuzlar, toshlar, qon bosimi va boshqa ko‘plab kasalliklardan xolos bo‘lar ekan.

Tokio texnologik universiteti olimi Yosinori Osumi vaqtinchalik ochlik, ya’ni ro‘zaning kasalliklarga davo bo‘lishi va tanani yоshartirishini ilmiy isbotlagan. Yaponiyalik bu olim autofagiya mexanizmlarini kashf etgani uchun 2016 yilda tibbiyot va fiziologiya sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi (Autofagiya “o‘zini o‘zi yemoq” degan ma’noni anglatadi).

Autofagiya barcha jonli mavjudotlarda bo‘ladi. Bu tanani keraksiz chiqindilar, bakteriyalar va boshqa hujayralardan tozalash qobiliyatidir. Natijada organizm nafaqat tozalanadi, balki erta qarishdan himoya qilinadi, tana yosharadi.

Autofagiya qorin och bo‘lganida faollashadi. Tashqaridan yemish kelmaganidan keyin ichki manbalar keraksiz chiqindilar, shuningdek, patogen bakteriyalar hisobidan energiya ishlab chiqarishni boshlaydi. Hayratlanarlisi, hujayralar Alloh irodasi bilan shunday yaratilganki, ular o‘zlarini o‘zlari tozalab turish qobiliyatiga ega.

Mutaxassislarning fikricha, inson to‘q yurganda hujayralar faol ishlamas ekan. Bu tanamizda shlak va keraksiz chiqindilar yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda turli kasalliklar urchiydi. Inson och bo‘lganida hujayralar o‘zini-o‘zi tartibga solish uchun fursat bo‘ladi.

– Ro‘zador odam och qolganida organizmidagi hujayralarning nobud bo‘lgan qismlari utilizatsiya qilinadi, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi tadqiqotchisi Elyorbek Rahmatullayev. – Organizm barcha infeksiya va toksinlardan tozalanadi. Inson organizmi och qolganda hujayralar ichkarida to‘planib qolgan axlatlar, yog‘lar, shlaklar, gijjalar, xavfli hujayralarni “yoqib” energiya ishlab chiqaradi. Shuningdek, eski hujayralar yemirilib, yangilari paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Yana bir misol, ro‘zador odamning oshqozon va ichak faoliyatida o‘t suyuqligi kamayishi kuzatiladi. Bu a’zolarida yarasi bor kishilar dardiga davo bo‘ladi.

Kembrij universiteti va Britaniya ilmiy-tadqiqot instituti molekular neyrogenetika bo‘yicha professori D.Rubinshteynning sichqonlar ustida o‘tkazgan tajribalaridan ma’lumki, ularda 24 soatlik ochlikdan so‘ng miya va boshqa bir qancha organlar, jumladan, jigar faoliyati yaxshilangan. Tadqiqot ochlikdan foydalangan holda olib borildi va bu jarayonda hayvonlar uzoq yashadi, sog‘lomlashdi.

Mutaxassisning aytishicha, agar saharlik va iftorlikda me’yoriy tarzda, sog‘lom ovqatlanish talablariga rioya qilgan holda ro‘za tutsak organizmdagi kasalliklarga qarshi immunitetni kuchaytirish, semizlikka qarshi monelik paydo qilish, to‘qimalarda to‘planib qolgan ortiqcha moddalar hamda tuzlarni haydashga yordam bergan bo‘lar ekanmiz.

Manba: O‘zA
yоshartirish, ro‘za tutish, tana




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar