“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:11
ЎЗO‘Z

Ro‘za qalbni poklaydi

26 apr, 10:43 3 619 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘za qalbni poklaydi Nafsni poklash, axloqni sayqallashda eng muhim vositalardan biri ro‘zadir. Ro‘za qalbni muolaja qiladi, taqvoni kuchaytiradi, bandani egri yo‘llardan qaytaradi, dilga soflik bag‘ishlaydi. Ro‘za shahvatlarni jilovlashda ham tengsiz ibodatdir.

Alloh taolo shunday amr qilgan: “Ey mo‘minlar! Taqvodor bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi” (Baqara surasi, 183-oyat).

Ro‘za arab tilida “sovmun” yoki “siyamun” deyiladi. Bu so‘z lug‘atda “biron ish yoki so‘zdan o‘zini tiyish” ma’nosini anglatadi. “Lisonul arab” lug‘atida “siyamun” so‘zi – shar’iy istilohda – taom, ichimlik, jinsiy yaqinlik, foydasiz so‘zlardan tiyilish mazmuniga egaligi aytilgan.

Ro‘za barcha gunohlar manbai bo‘lmish nafsni sindiradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shu ma’noda: “Ro‘za qalqondir”, deya marhamat qilganlar.

Ro‘zadan ko‘zlangan eng asosiy hikmat ham taqvodir. Banda tong-saharda “Alloh roziligi uchun ro‘za tutishni niyat qildim”, deb og‘iz yopganidan keyin ibodatga kirgan bo‘ladi. Ro‘zador holida ishlaydimi, dam oladimi, bozorga boradimi, ibodat qilayotgan bo‘ladi. Alloh unga ibodat savobini yozadi. Shuning uchun ro‘zador inson noma’qul ishlardan o‘zini tiyib turadi, haromga qaramaydi, birovga tili bilan ham, qo‘li bilan ham ozor bermaydi, Allohni zikr qiladi, Qur’on o‘qiydi, namozlarni to‘kis ado etadi. Shu bilan inson qalbi poklanadi, ruhi tetiklashadi.

Ro‘zador faqat taomdan, ichimlik yoki ayoli ila muomala qilishdan tiyilmaydi, balki tilini behuda so‘zlardan, ko‘zini nojoiz narsalarga qarashdan, qo‘li, oyog‘i – barcha a’zolarini haromdan saqlashi talab etiladi. Alloh bandaning tongdan shomgacha tuz totmay yurishiga muhtoj emas. Ro‘za tutib taqvodor bo‘lishimiz, qalbimiz poklanishi uchun Mehribon Alloh bizga ro‘zani farz qilgan.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim yolg‘on gapirishni, unga amal qilishni tashlamasa, taom bilan ichimlikni tark etishiga Alloh muhtoj emas”, deganlar.

Shunday odamlar bor: ro‘zador bo‘lsayam kun bo‘yi tili g‘iybatdan bo‘shamaydi, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirib, yelkasiga tog‘dek gunohlarni ortmoqlab oladi. Yana ba’zilar ro‘zador holida bozor-o‘charda birovning haqini yeydi: metrdan, litrdan urib foyda ko‘rish payida bo‘ladi.

Hadisi sharifda aytilishicha, odam kechasi bilan namoz o‘qib chiqsa, kunduzlari och-nahor yurib ro‘za tutsa, biroq gunohlardan tiyilmasa, tunda bedor bo‘lgani, kunduzi o‘zini qiynagani qoladi. Unga hech qanday savob berilmaydi. Shuning uchun ro‘zador odam taqvoga e’tibor bersin. Faqat oshqozon emas, til ham, ko‘z ham, qo‘l-oyoqlar ham ro‘za tutsin. Bu qalb ro‘zasi, deyiladi. Mana shu haqiqiy ro‘zadir.

Ziyovuddin Rahimning “Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan
ro‘za, qalb, nafs




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 223
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 137
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 116
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 256
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar