“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:40
ЎЗO‘Z

Jannatga kirish qiyinmi?

16 apr, 09:09 5 965 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jannatga kirish qiyinmi? Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘tirgan edik. U zot alayhissalom: «Hozir oldingizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi keladi», dedilar. Shunda ansorlardan biri soqolidan tahorat suvlari oqqan, oyoq kiyimini chap qo‘lida tutgan holda kirib keldi. Ertasi kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam kecha aytgan gaplarini yana aytdilar. Yana o‘sha kishi avvalgi holatidagi kabi kirib keldi. Uchinchi kuni ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi kelishini aytdilar. Yana o‘sha kishi avvalgi holida kirib keldi.

U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlaridan turib ketgan edi, Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu unga ergashdi va yoniga borib, «Otam bilan tortishib qolib, uch kungacha uyga kirmaslikka qasam ichib qo‘ydim. Imkon bo‘lsa, shu uch kun siznikida yashab tursam», dedi. U rozi bo‘ldi. Abdulloh u bilan uch kecha birga tunaganini aytdi.

Ammo bu odam kechasi turib, biror ibodat qilmaganini aytdi. U faqat uyg‘onganida to‘shagida yonboshlab, Alloh azza va jallani zikr qilar, so‘ng bomdod namoziga qadar takbir aytib chiqar ekan. Abdulloh aytadi: «Uning faqat yaxshilik so‘zlaganini eshitdim. Uch kun o‘tgach, uning tilga olishga arzigulik biror amali yo‘q ekan deb o‘ylab qoldim.

So‘ng unga: «Ey Allohning bandasi! Men otam bilan tortishmagandim. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bizga uch marta «Hozir sizlarning oldingizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi keladi», deganlarini eshitdim. Uch martasida ham siz kirib keldingiz. Shuning uchun siz bilan birga yashab, qanday solih amallaringiz borligini ko‘rmoqchi edim. Lekin sizning amalingiz boshqalarnikidan ko‘p emasligini ko‘rdim. Qaysi amalingiz tufayli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan narsaga erishgansiz?» dedim. U: «Ko‘rganingdan boshqa narsa yo‘q. Men ko‘nglimda biror musulmonga nisbatan g‘illu g‘ashlik saqlamayman va Alloh unga bergan narsaga hasad qilmayman», dedi. Abdulloh ibn Amr: «Ha, mana shu narsa sizni ushbu darajaga olib chiqqan ekan», dedi».

“Solihlar gulshani” kitobidan

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 188
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 352
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar