“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:36
ЎЗO‘Z

Karantinda qolganda jismoniy holatni yaxshi saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar berildi

06 apr, 22:55 2 363 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantinda qolganda jismoniy holatni yaxshi saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar berildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi ofisi rahbari Joao Breda uyda karantinda qolganda jismoniy holat va unumdorlikni yaxshi ko‘rinishda saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Breda birinchi navbatda kun davomida mashqlar bajarish uchun tanaffuslar qilishni tavsiya qilgan. “Bu sevimli qo‘shiq sadolari ostida raqs tushish, bolalar bilan o‘yinlar o‘ynash, uyni tozalash yoki bog‘ga qarash bo‘lishi mumkin”, deb aytgan mutaxassis.
U, shuningdek, telefon orqali suhbatlashayotganda bir joyda qolmay, xona bo‘ylab yurishni va uzluksiz yarim soatdan ko‘proq o‘tirmaslikni tavsiya qilgan.

Breda insonga haftada 75 daqiqadan ko‘proq yuqori intensiv jismoniy yuklamalar yoki 150 daqiqa o‘rta intensivlikdagi faollik zarurligini eslatib o‘tgan. “Bu me’yorlarga uydan chiqmay, maxsus sport qurilmasisiz va chegaralangan hudud sharoitlarida ham amal qilish mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

JSST vakili, shuningdek, tuz, shakar va yog‘lar iste’molini kamaytirishga, biriktiruvchi to‘qimalar (kletchatka) iste’molini oshirishga chaqirgan. “Har safar taom qabul qilganingizda sabzavot, meva, dukkaklilar va yirik tortilgan g‘allali mahsulotlar, jumladan grechka iste’mol qilish lozim”, deb tavsiya qilgan Breda.

Bundan tashqari, ko‘proq suv ichish lozim va spirtli ichimlik ichishdan voz kechish kerak. “Spirtli ichimlik yordam bermaydi. Aksincha, bu har qanday shaklda iste’mol qilinganda psixikaga ta’sir qiluvchi, tobelik keltirib chiqaruvchi va sog‘liqqa zarar yetkazuvchi moddadir”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Breda karantin vaqtida ruhiy tetiklikni saqlash uchun yaqinlarni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qilgan.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, virusga qarshi birgalikda kurashish o‘z shahri yoki tumanida birdamlik muhitini yaratadi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, ayni vaqtda dunyo aholisining yarmi koronavirus pandemiyasi sababli u yoki bu darajada karantinda qolmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar