“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:06
ЎЗO‘Z

Karantin vaqtida o‘zimizni qanday tutishimiz kerak?

06 apr, 20:48 1 982 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin vaqtida o‘zimizni qanday tutishimiz kerak? “Islom moliyasi” telegram kanali asoschisi Xondamir Nusratxo‘jayev koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘zini qanday tutish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.
Bir nechta obunachilar mendan koronavirusga nisbatan munosabatim, o‘zini himoya qilish uchun nima qilish kerakligini so‘rashdi.
Mening javobim o‘z tajribamni aks ettiradi. Shunday qilib:

1. Agar men (qarindoshlarim)ga kasallik yuqmagan bo‘lsa, bu men uchun ham, ular uchun ham bir ne’mat ekanligini aniq tushunish. Agar yuqqan bo‘lsa, demak, men hatto oyda bo‘lganimda ham infeksiyadan qochib qutulolmasdim. Bu taqdir... Kelajakni bilmaslik - ulug‘ yaxshilik, oldindan belgilab qo‘yilgan / taqdirni qabul qilish – ulug‘ yaxshilik. Oldindan belgilab qo‘yilgan taqdirni to‘g‘ri tushunish har birimizga ko‘plab ruhiy-hissiy muammolarni hal qilishga yordam beradi va chinakam taskin beradi.

Agnostiklar va Yaratganga ishonmaydiganlar uchun mening qoidam oddiy - koronavirus bu siz endi hech narsa qilolmaydigan haqiqat. Ammo sizda mavjud vaziyatga to‘liq munosabat ko‘rsatish erkinligi bor. Bu munosabatingiz ruhiy-hissiy holatingizni yomonlashtirmasin, balki yordam bersin.

2. Kamroq yangilik o‘qing (men yangiliklarni kuzatmang demayapman, keling, "dozani" kamaytiraylik deyapman), chunki ularning 90 foizi koronavirus bilan bog‘liq. Bunday yangiliklar qo‘rquv va "ichki" vahima soladi, bu esa bizni oqilona qaror qabul qilish qobiliyatidan mahrum qiladi va ruhiyatimizni izdan chiqaradi.

3. Oila a’zolaringiz oldida pozitiv bo‘lish va ularni ertangi kun yaxshiroq bo‘lishiga ishontirish axloqiy burchingiz ekanligini yaxshi anglang. Salbiy energiya tarqatmang, shundoq ham "ifloslangan" muhitni zaharlamang.
Yuqoridagi maslahatlar ruhiy-hissiy tusga ega.

4. Ijtimoiy masofalanish va gigiyenaga rioya qilish. Bu shart va xafa bo‘lishga hojat yo‘q.

5. Immunitetni yaxshilang. Har qanday vaziyatda hissiy xotirjamlik, to‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha ovqatlanmaslik, haftada bir marta ro‘za tutish, yetarli uyqu, harakat, jismoniy faollik, mazmunli ish (o‘qish, o‘rganish, bilim berish va boshqalar), savobli ishlar qilish (sadaqa berish, masalan, mehrli qollar telegram-kanali orqali) yolg‘iz qarindoshlarga qo‘ng‘iroq qilish, yolg‘iz keksalar holidan xabar olish va hk).

6. Zarur holatlarda duo sizga yordam bera olishiga ishonch bilan duo / ibodat qiling (payg‘ambarimiz SAVning maxsus duolari bor). Namoz o‘qiydiganlar har bir namozdan keyin duo qilishlari mumkin.

Va oxirgisi, haddan tashqari flegmatik, pessimist va ojiz bo‘lmang. Ma’naviy ojizlik va nochorlik ruhiyatga ta’sir qiladi. Ruhiyat esa jismoniy holatimizga. Yodingizda bo‘lsin, ruhiyat tushishi bilan tana qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatadi. Hech narsa abadiy emas, na yengillik va na qiyinchilik.

Hammasi o‘tib ketadi. Shunchaki sizni kuchaytiradigan narsalarni bajaring, bu sinov haqida mulohaza qiling va Yaratganga hamda Uning bizga noma’lum bo‘lgan donoligiga suyaning!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 67
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 230
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 140
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar