“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:54
ЎЗO‘Z

Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida

06 apr, 17:12 2 555 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida Foto: Good housekeeping
Parhez tutish uchun xohish va motivatsiya bo‘lishi kerak degan tushuncha bor, aslida esa parhezning qanchalik ta’​sir qilishida yosh, organizmda metabolizm qandayligi, genetika kabi boshqa omillar ham rol o‘rnaydi. Har kimning organizmi, yoshi va geni turli ekani nuqtai nazaridan parhez ham hammaga har xil ta’sir o‘tkazadi.

Kimgadir shunchaki shirinlikdan voz kechish, boshqa bir odamga bo‘lsa 16 soat och yurish yoki ratsioniga oqsil qo‘shish kerak bo‘ladi. Elle nashrining yozishicha, Stenford tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o‘tkazib, parhez samaradorligini oshirish uchun 3 universal qoida ishlab chiqqan.

Tadqiqotda, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 609 kishi ishtirok etgan, ishtirokchi ayol va erkaklar soni bir-biriga teng bo‘lgan. Tadqiqotchilar biologik omillar va turli parhezlar o‘rtasidagi munosabatni kuzatgan. Ishtirokchilarning yarmi, 1 yildan ko‘p vaqt mobaynida ketogen parhez tutgan, ya’ni kam uglevod, ko‘p miqdorda yog‘ va oqsil iste’mol qilgan. Qolgan yarmi bo‘lsa, tarkibida yog‘ va uglevod kam, oqsil ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilgan. Tajriba dinamikasini kuzatgan tadqiqotchilar quyidagi xulosalarga kelgan.

To‘yimli mahsulotlarni tanlash kerak
Taomnomaga balanslovchi mahsulot qo‘shib parhezni «aldash» mumkin. Tabiiy va sifatli mahsulotlar xususan baliq, sabzavotlar, shirin bo‘lmagan mevalar, o‘simlik yog‘i kabilarni iste’mol qilish kerak. Masalan, pishloq o‘rniga avakado yeyish kerak chunki ushbu meva vitaminlarga boy hisoblanadi.

Foto: Yoga Journal
Oq undan tayyorlangan taomlardan voz keching
Chunki bunday taomlar siz intilayotgan vazn raqamidan faqat va faqat uzoqlashtiradi. Yaxshisi, don mahsulotlaridan tayyorlangan nonni, quymoq va pankeyk tayyorlash uchun bodom unini tanlang.

Foto: Healthline
Parhez asosini sabzavotlar tashkil qilsin
Sabzavotlar tarkibida kaloriya kam va vitaminlar ko‘pligi bilan ahamiyatli. Sabzavotga boy taomni iste’mol qilar ekansiz, o‘zingizni uzoq vaqt to‘q his qilasiz va organizmingiz zararli mahsulotlardan uzoq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 163
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 116
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 291
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 403
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar