“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:20
ЎЗO‘Z

Boylik matohning ko‘pligida emas, balki nazarning to‘qligidadir

03 apr, 11:11 2 417 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Boylik matohning ko‘pligida emas, balki nazarning to‘qligidadir Bugun butun dunyo ahlini tashvishga solayotgan koronavirus epidemiyasi yurtimizda qanday kechayotganiga bir nazar solsak. Hukumatimiz tomonidan uni bartaraf etish bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, zaruriy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot va boshqa soha vakillari aziz jonlarini xatarga qo‘yib, bemorlarni davolash uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqdalar. Xo‘sh, bugungi kunda aholini ko‘proq nima tashvishga solmoqda.

Avvalo, kishilarimiz kasallikni yuqtirib olish, oziq-ovkat mahsulotlari yetishmasligidan xavf siramoqdalar. Aslida bu narsalar behuda vahimaga arzirmikan. Biz mo‘min-musulmonlar e’tiqod bo‘yicha kasallik faqat Alloh taoloning irodasi bilan yetishi, rizqni ham Alloh taolo berishiga imon keltiramiz.

Johiliyat ahlida “Xastaliklarda o‘ziga yarasha quvvat bor, ular bir kishidan ikkinchisiga o‘sha quvvat yordamida o‘tadi”, degan e’tiqod bo‘lgan. Islom ta’limoti bo‘yicha esa xastalik Alloh iroda qilsagina yuqadi. Xuddi shu ma’no Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida “Kasallik yuqishi yo‘q” degan muborak so‘zlarida mujassam bo‘lgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kasallik yuqishi yo‘q, boyqush yo‘q, nav’u yo‘q va sofar yo‘q”, dedilar (Uchovlari rivoyat qilgan).

Demak, kasallik o‘zicha yuqmasligi e’tiqod masalasi, kasallik yuqishidan ehtiyot bo‘lish esa dinimiz bizdan amal qilishni talab qilgan amal ekan.

Bugungi og‘ir vaziyatda xalqimiz birgalikda kurashib, qahramonliklar ko‘rsatmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu qahramonlik nima? Bu sabr, qanoat, intizom, tartib qoidaga rioya etish, shaxsiy gigiyenalarga amal qilishdir.

Sabr – Alloh taolo tomonidan bandaga in’om etilgan eng katta va buyuk ne’mat. Sabrli kishi rizqning oziga ham, yo‘qchilikka ham chidab o‘zini xor qilmay, boshini tik tutib kun ko‘radi. Zero, haqiqiy boylik mol-dunyoning ko‘pligida emas, nafsning to‘qligidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Boylik matohning ko‘pligida emas, balki nazarning to‘qligidadir”, (Ikki shayx, Imom Termiziy rivoyat qilgan) deya haqiqiy boylik nima ekanligi haqida xabar berdilar.

Ikkinchi jahon urushi yillari xalqimiz bir mayizni qirq kishi bo‘lib yeganlari haqida ota-bobolarimizdan eshitganmiz. Shukrki, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qolaversa, saxovatpesha insonlar tomonidan ham turli xayriya tadbirlari o‘tkazilib, oziq-ovqat, tibbiyot va sanitariya mahsulotlari muhtoj insonlarga yetkazib berilmoqda. Afsuski, mana shunday holatda haqiqiy muhtoj bo‘lmagan shaxslar ham ehtiyojmand kishilar uchun sarflanayotgan ehson, sadaqalardan ko‘proq undirib olish harakatida bo‘layotganlar yoki bo‘lmasa boqimandalik kayfiyati bilan birovning sadaqa berishidan umidvor bo‘lib o‘tirganlar ham uchrab turibdi. Abu Sa’id roziyallohu anhudan shunday rivoyat keltirligan: «Ansoriylardan bir qancha odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (mol) so‘radilar.

Bas, u zot ularga berdilar. So‘ngra yana so‘radilar. Yana berdilar, hatto huzurlarida hech narsa qolmadi. Shunda u zot: “Huzurimda ne yaxshilik bo‘lsa, sizlarga bermay olib qolmasman. Kim iffattalab bo‘lsa, Alloh uni ifatli qilur. Kim behojatlik talab qilsa, Alloh uni behojat qilur. Kim sabr talab qilsa, Alloh uni sabrli qilur. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va kengiroq ne’mat berilmgan”, dedilar (Beshovlari rivoyat qilgan).

Barcha o‘tgan payg‘ambarlar kasb-hunar sohiblari bo‘lishgan, sahobalar quruqlik va dengizlarda tijorat bilan mashg‘ul bo‘lganlar, ayrimlari dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug‘ullanganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida: “Hech bir kishi o‘zi qo‘li bilan ishlab topib yegan taomidan ham yaxshiroq taomni aslo yemaydi” deyishlari bilan kasb-kor, hunar, mehnat qilib topilgan rizq eng yaxshi rizq ekaniga ishora qilganlar.

Halol kasb, mehnat qilib, Alloh taolodan rizq ato etishini so‘rasak, Parvardigorning marhamati cheksizdir. Musulmon kishi bu dunyosining g‘amida emas, oxirat g‘amida bo‘lsa, Alloh taolo ikkisini ham ato etadi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Kimki oxirat g‘amida bo‘lsa, Alloh uning qalbini behojat va xotirini jam jam qilib qo‘yadi. U xohlamasa ham, dunyo unga o‘z o‘zidan keladi. Kim dunyo g‘amida bo‘lsa, Alloh uning ko‘z o‘ngiga kambag‘allikni keltirib qo‘yadi va xotirjamligini parokanda qiladi. Unga dunyoda o‘ziga taqdir qilinganidan boshqasi kelmaydi” (Anas roziyallohu anhudan Imom Termiziy rivoyatlari).

Shunday ekan azizlar, tan-jonimiz sog‘, huzurimizda yeguliklarimiz bor ekan, qanoat va sabrli bo‘lsak, inshaalloh Alloh taoloning O‘zi madadkor bo‘ladi, g‘am-tashvishimizni aritib, ikki dunyo saodatini ato etadi.

Zayniddin ESHONQULOV
O‘MI Samarqand viloyat vakili




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 216
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 326
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 368
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar