“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:24
ЎЗO‘Z

«Shirin o‘lim». Kolbasa-sosiskada ham qand bor

28 mar, 22:35 4 254 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Shirin o‘lim». Kolbasa-sosiskada ham qand bor Foto: «Domstrousam.ru»
Ko‘pincha sportchi, ozg‘in va faol yoshlar qonida qand miqdori oshganini tasodifan bilib qolishadi. Bunga ajablanmaslik kerak, chunki qand hatto shirin bo‘lmagan mahsulotlar tarkibida ham bor. Uni qanday topish va zararsizlantirish mumkin?

Aksariyat kishilar qand faqat tort, pirojniy va shunga o‘xshash shirinliklarda bo‘ladi deb xato o‘ylashadi, deydi diyetolog-endokrinologlar. Qand deyarli barcha qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladi.

Salatlar uchun ziravor va qayla
Bir osh qoshiq ketchupda bir choy qoshiq (4 gramm), chili qaylasida ikki choy qoshiq (8 gramm) shakar bor.

Tayyor sho‘rva va bo‘tqalar
O‘rtacha bir porsiya (100 g) tayyor sho‘rva yoki bo‘tqada 0,5 dan 7 grammgacha qand bor (brendga bog‘liq).

Yarim tayyor mahsulotlar (kolbasa, sosiska, sardelka)
Hatto go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham qand qo‘shmasdan iloji yo‘q. Yarim tayyor yeguliklar sershira, haqiqiy «go‘sht» tusini berishi uchun ham ularga qand qo‘shiladi.

Non
Qand nonning barcha navlarida bor. Hatto «sog‘lom» hisoblanmish qora nonlar ham bundan mustasno emas. 100 gramm har qanday non tarkibida 7 dan 10 grammgacha shakar bor.

Yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlari
Bunday mahsulotlar yog‘ bilan birga ta’m sifatini ham yo‘qotadi. Ishlab chiqaruvchilar ularga shirinlik qo‘shishdan o‘zga chora topolmaydi. To‘g‘ri, qadoqqa glyukoza, laktoza, fruktoza va hokazo deb yozib qo‘yishadi. Aldanib qolmang — ular ham qand hisoblanadi.

Foydali shirinliklar
Fitnes-batonchiklar, quruq mevalar va hokazolar nafaqat yuqori kaloriyaga ega, balki tarkibida qand ham bisyor.

Shirin ichimliklar
Ular tarkibida qand ko‘pligi bo‘yicha mutlaq rekordchilar. Shirin gazlangan ichimlik, mevali sharbat va nektarlar tarkibida qand ko‘pligi bo‘yicha konfet va pirojniylardan qolishmaydi. Bir stakan uzum sharbati, misol uchun, kaloriyasi bo‘yicha bir porsiya shokoladli tortga teng. Odatda inson tanovul qilayotgan desert miqdorini nazorat qila oladi, lekin shirin ichimlikni simirayotganda sezgirlikni yo‘qotadi. Shuning uchun ham «suyuq kaloriya» «qattig‘idan» ko‘ra dahshatliroq.

Taomnomadan qandni butkul chiqarib tashlash mumkinmi?
Buning iloji yo‘q. Qand foydali mahsulotlar (meva-sabzavotlar, yormalar va hokazo) tarkibida ham bor. Ulardan voz kechib bo‘lmaydi. Ustiga-ustak, shifokorlar ham «qanddan to‘liq saqlanishni» ma’qullamaydi. Glyukoza va tezkor uglevodlar tanqisligi hafsalasizlik va asabbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Bu, ayniqsa, shusiz ham stressli vaziyatdagi kishilar uchun xatarli. Shirin mahsulotlarni iste’mol qilganda bosh miyada joylashgan qoniqish markazlari faollashadi, ular tufayli xursandchilik hissi kelib chiqadi.

Biroq qand faqat «terapevtik dozada» foydali. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, masalan, kuniga 50 grammgacha qand iste’mol qilishni tavsiya etadi (10 – 12 choy qoshiq). Bunga nafaqat shakarning o‘zi, balki mahsulotlardagi yashirin qandlar, shuningdek, qo‘ng‘ir (shakarqamish) qand ham kiradi: uni ko‘pchilik foydali va bezarar mahsulot deb biladi.

Bunday qand tarkibida chindan ham foydali mikroelementlar bor, biroq hatto tabiiy shakarqamish qandini ham (uni do‘konlardan topish oson emas) parhezbop deb bo‘lmaydi. Bu ham xuddi rafinadlangan oq shakarga o‘xshagan uglevod.

Ko‘p shirinlik yeganda diabet orttirib olish mumkinmi?
Tadqiqotlarga ko‘ra, 30% odamlar hatto shirinlik ko‘p yeb, kam harakat qilgan taqdirda ham, diabet rivojlanmaydi.

Biroq insulin rezistentlik genini tashuvchi aksariyat odamlarda, aksincha, hujayralari glyukozani hazm qilmay qo‘yadi, bu qonda qand miqdori oshishiga olib keladi. Agar bunday odam noto‘g‘ri ovqatlansa va jismoniy yuklamaga e’tibor bermasa, unda diabet rivojlanishi ehtimoli ortadi. Shu bois, vazn to‘plashga moyil kishilar kam kaloriyali parhezga (kuniga 1500 – 800 kkal) o‘tishlari va qonda qand miqdorini nazorat qilishlari zarur.

Diabetni tashxislovchi eng ishonchli tahlil — glikirli gemoglobinga test bo‘lib, u 2-3 oyda qonda o‘rtacha qand miqdorini ko‘rsatib beradi.

Ushbu test muntazam topshirib turilsa, kasallikni diabetdan oldingi bosqichda fosh etishga ko‘maklashadi. Chunki bu vaqtda alomatlar umuman kuzatilmaydi, qonda qand miqdori me’yorda yuradi (5,8 – 6,1 mmol/l), faqat inqirozli ko‘rsatkichga yetmagan bo‘ladi (7 mmol/l.dan yuqori).

Diabetdan oldingi bosqichni to‘g‘ri ovqatlanish va yetarlicha jismoniy faol bo‘lish orqali to‘liq bartaraf etish mumkin. Ma’lumki, kletchatka iste’mol qilish va kuniga 2 soat jismoniy yuklama diabetning rivojlanish xavfini 14% ga kamaytiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar