“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:05
ЎЗO‘Z

Karantinda tanangiz haqida qayg‘uring. Oddiy, lekin muhim tavsiyalar

27 mar, 16:26 4 220 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantinda tanangiz haqida qayg‘uring. Oddiy, lekin muhim tavsiyalar Foto: Getty Images
Karantin sabab istasangiz ham, istamasangiz ham, kam harakat qilib ko‘p o‘tiryapsiz, qomatingizda o‘zgarish bo‘layotgani va og‘irlashib ketayotganingizni his qilyapsizmi? Unda quyidagi tavsiyalarga amal qilib avvalgi holingizga qaytish yoki undan-da yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling.

1. Yangi Amerika ochmagan holda barchaga ma’lum, shu bilan birga chindan ham qilinishi kerak bo‘lgan tavsiya: kuningizni tonggi jismoniy tarbiya bilan boshlang. 5 daqiqa vaqtingizni ajrating, va bir hafta o‘zingizni majburlang, keyingi haftadan qanday qilib rejimga tushib qolganingizni o‘zingiz ham bilmay qolasiz.

2. Lift o‘rniga zinapoyadan foydalaning, sharoitingiz bo‘lsa, velosiped yoki samokat uching. U ham bo‘lmasa, 5 daqiqalik tanaffus qilib, raqsbop qo‘shiq qo‘yib raqsga tushing.

3. Uydan turib ishlashga majbur bo‘lyapsizmi? Unda ora-orada turib, hovli yoki uyingiz bog‘ini aylanib kelishni kundalik odat qilib oling, toza havodan nafas ham olib turish kerak. Miyaga kislorod yetishmasligi, ya’ni gipoksiyadan odam o‘zini lohas his qiladi, ishga bo‘lgan layoqati kamayib, esnayverishi mumkin. Shunday ekan uyda qamalib o‘tirmasdan hech bo‘lmaganda xonangiz derazalarini ochib shamollating va o‘pkangizni to‘ldirib nafas oling.

4. Umurtqa pog‘onasiga ham oson emas, kun bo‘yi gavda og‘irligini ko‘tarish yetmagandek, kompyuter yoki televizor qarshisida bukchayib o‘tirganingizda qanday ahvolda bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi? Faqat ish yoki hordiq chiqarishni o‘ylamay, tanangiz, xususan, umurtqangiz haqida ham qayg‘urib turing, qaddingizni rostlang, dam oling va vaqti-vaqti bilan turnikka osilib turing. Ish yoki dars stolingizga «zudlik bilan qaddingni tik tut-chi» deb yozib, ta’sirchanlikni oshirish uchun qovog‘ini uygan smayl chizib qo‘ying.

5. Massaj ham juda yaxshi foyda beradi, hech bo‘lmaganda yelka va bo‘yin qismini uqalab turish kerak.

6. Ish, oilaviy tashvishlar, muammolar asabiylashish va kayfiyat buzilishiga sabab bo‘ladi, bu esa har qanday kasallik, ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun eng asosiysi, kuningizni to‘g‘ri taqsimlash, vaqtida ish, vaqtida dam olish va o‘z ustingizda ishlashni unutmang. Darvoqe, uyquning me’yorda bo‘lishiga ham e’tibor qarating.
tavsiyalar, karantin, tana




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 107
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 278
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 189
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 250
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar