“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:45
ЎЗO‘Z

Umradagi noxush voqea

24 mar, 08:00 8 376 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umradagi noxush voqea Muqaddas shaharlarga borgan odam dunyoni unutib, ibodat dengiziga sho‘ng‘ib ketmog‘i lozim. Yurgan yo‘lingizda qadrdonlar, yaqinlar va qarindoshlarni eslab, ularning haqiga ham duo qilaverasiz ekan.

Ziyorat chog‘ida dilimdan shunday o‘ylar, duolar kechdi.

Ey Allohim, bizning baxtimizga mana shunday qalbi osmon qadar keng va imon nuri to‘la insonlarni o‘z panohingda asragin! Kech bo‘lsayam so‘qir ko‘zimni ochirganingga shukr. Muborak Ka’bani ko‘zlarimga ko‘rsatib, soppa-sog‘ oyoqlarim ila tavof ettirganingga shukr. Safo va Marva orasida sa’y qildirganingga shukr. Ka’batullohda turib barcha yurtdoshlarimni, ayniqsa ayollarimizni bir martagina bo‘lsa-da bu qutlug‘ makonga ziyoratda bo‘lishlarini tiladim. Zora so‘qir ko‘zlarimiz ochilib, qalbimiz imon nuri bilan munavvarlashsa, dinu diyonatni chuqurroq anglab yetsak...

Ka’ba tavofida edim, kimdir nimchamdan tortdi. Orqamga qarasam, ikki yoshgina qiz.
– Opa, o‘zbekistonligingizni bilib ushladim. Adashib qolmaylik. Muncha odam ko‘p ekan-yey.

Unga bir qaradim-u ibodatimni davom ettiraverdim. To‘g‘risi o‘sha vaqtda, o‘sha joyda biror ortiqcha savolga ixtiyorim ham vaqtim ham yo‘q edi.

Bir payt nimchamdan tutganlarning qah-qah urib kulgani baralla eshitildi. “Muncha g‘alati hamma chopadi-ya, tavba biram kulguli” degan ovozini eshitib, boshimga qaynoq suv to‘kilgandek vujudim yonib ketdi. O‘zimni zo‘rg‘a tutib:

– Astag‘firulloh, bu nimasi, Allohning uyida turibsizlar, uyat-yey, qayerga kelganingni bilasanmi o‘zi, – deb uzoqroqqa ketdim.

Menga xuddi atrofda ibodatga mashg‘ul turfa millat ziyoratchilarning bu holni ko‘rib, men va haligi qizlarni qo‘lini bigiz qilib ko‘rsatayotgandek bo‘lib ko‘rindi. Ko‘zimdan yosh oqib, yig‘lashga tushdim. Hamrohim Rahimaxon ham ularning bu orsizlarcha qilig‘idan qo‘rqib, tavba-tazurru qilib yig‘lashga tushdi.

Shu kuni rosa to‘yib-to‘yib yig‘ladim. Ismini, qayerdanligini bilmayman, lekin u ikki noinsof ayol mening yurtdoshimligidan afsuslandim. Ne-ne ulamolarimizning mustabid zamonda bu muqaddas joylarni bir ko‘rishga zor bo‘lib o‘tganlari, umr bo‘yi ustozlik qilgan rahmatli otajonimning “hajga borolmadim, ka’batullohni ko‘rolmadim, tavof etolmadim”, degan armonlari yodimga keladi.

Imom Buxoriy, Marg‘iloniy, Farg‘oniylar avlodimiz deb ko‘krak kerganlar haj va umradek umr safariga borar ekan, uning naqadar muhimligi, qanchalik buyukligini bilib olishlari zarurga o‘xshaydi.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 221
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 136
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 329
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 372
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar