“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:19
ЎЗO‘Z

Alisher Shodmonov: «Tuz va shakar oq ajal deyilishi bejizga emas»

20 mar, 17:50 4 741 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Shodmonov: «Tuz va shakar oq ajal deyilishi bejizga emas» Xalqaro press klubning «Qadamma-qadam» loyihasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov sog‘lom ovqatlanishda tuz va shakarning me’yori masalasiga to‘xtaldi.

«Tuz iste’moli. Bunga o‘rganib qolganmiz. E’tibor bersangiz, har bir oshxona, restoranlarda stolga tuz qo‘yib qo‘yiladi. Hozirda ko‘p mamlakatlarda tuz olib qo‘yilyapti. Chunki tuz, shakar bu – o‘lim sababchisi, oq ajal ham deyiladi.

Tuz bilan ovqat albatta mazali bo‘ladi. Ammo u birinchi navbatda organizmda suyuqlik to‘planib qolishi, shish paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, gipertoniya – qon bosimi oshishining birinchi sabablaridan hisoblanadi. Gipertoniya bo‘lgan insonlarda infarkt, insult ehtimoli yuqori bo‘ladi
», – dedi Shodmonov.

Sog‘liqni saqlash vaziri tuzning iste’mol uchun tavsiya etiladigan miqdorini ma’lum qildi.
«Tuz iste’moli me’yori – kuniga 5 gramm. Lekin men 3 grammni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki biz [iste’mol qilayotgan] nonimiz, salatimizdagi tuzni hisobga olmadik. Tuzning ortiqcha iste’moli ham doping deb hisoblanadi», – dedi u.

Alisher Shodmonov shakar iste’moliga ham to‘xtalib, aholi iste’mol qilayotgan qand miqdori me’yoridan o‘n baravar ko‘pligini ma’lum qildi.
«Shakar birinchi bo‘lib qandli diabet kasalligiga asosiy omil. Shakarning miqdori ko‘payganida u oshqozoningizda yog‘ga aylanadi va ortiqcha vazn hamda semizlikka olib keladi. Shakarni ko‘p iste’mol qilish semizlik, qandli diabetga olib kelsa, bu albatta gipertoniyani keltirib chiqaradi va bu, o‘z navbatida, infarkt va insultga olib keladi.

Og‘ir masala shundan iboratki, semizlik onkologik kasalliklarga moyil qilib qo‘yadi.

Bugungi kunda shirin ichimliklar, konditer muzqaymoqlarini sevib iste’mol qilamiz. Umuman, biz iste’mol qilayotgan qand miqdori me’yoridan 10 baravargacha oshib ketyapti
», – deya qo‘shimcha qildi Shodmonov.
shakar, oq ajal, tuz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 322
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 174
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 365
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 252
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar