“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 03:17
ЎЗO‘Z

Qiz farzand...

08 mar, 14:30 10 669 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qiz farzand... Angliyada mexanik bo‘lib ishlaydigan Tomas ismli kishi bor edi. U taomini zo‘rg‘a topib yerdi. Alloh taolo unga bir qiz farzand ato qilgandi. Qizi besh yoshga kirganida oyoq paylariga tuzalmas dard tegib, bo‘yi o‘smay qoldi. Keyin bilishsa, u endi yurolmas ham ekan. Tomas qachon uyga qaytib, qizining xonasiga kirsa, uni yig‘lab o‘tirgan holda ko‘rardi. Buni ko‘rib qizining oldidan chiqib jahl qilib devorlarni tepar, baqirar va turli ichimliklar ichar edi. U har doim “Nima uchun, Xudo, meni kambag‘al qilding, uning ustiga qizimni ham shu ahvolga solding?” – deb nolib yurardi.

Bir kun u ishga bordi, u yerda bir do‘stiga shikoyat qildi. Do‘sti: “Ey birodar, qizlar bu Allohning Jamol degan sifatining sirlaridan biridir, ya’ni Alloh taolo qizlarga O‘zining Jamol sifatidan ba’zi sirlarni yashirib qo‘ygan. Uni qidirib topish kerak, harakat qilish kerak, qizingga yaqin bo‘lib, sirlardan foydalanib qol. Alloh taolo bu dunyoda senga bergan qiz farzandingdagi sirini bir kun senga oshkor qiladi” deydi.

Bu gapdan keyin Tomas ishdan chiqib uyga qaytdi. Har doimgidek qizi yig‘lab o‘tirar edi, odatda ota bu holatdan keyin chiqib jahl qilib hamma narsani urib asabiylashar edi. Lekin bugun unday qilmadi va qizini orqasiga mindirgancha xona bo‘ylab yurishni boshladi. Qiz yig‘lashdan to‘xtadi, bu holatdan Tomas yana ham tezroq yura ketdi, qiz asta kula boshladi. Birozdan keyin qizcha qo‘llarini qushning qanoti kabi ko‘tarib qiqir-qiqir kula boshladi. Buni ko‘rib Tomasning shavqi oshib, ancha yildan beri mahzun qalbida baxt degan narsani his qildi. Bundan mast bo‘lib qizini kiyintirib ko‘chaga olib chiqdi. Kunlar o‘tib bu odat tusiga kirdi.

Bir kuni uning qo‘shnisi ko‘rib “Tomas, anchadan buyon har kuni yugurib yurganingni kuzataman. Yilda bir marta bo‘ladigan Britaniya Qirolichasining hayriya marafonida qatnashib ko‘rmaysanmi?” – deb taklif bildirib qoldi. Tomas o‘ylab ko‘rishini aytdi va marafon boshlanadigan kuni ishtirokchilar bilan safga turdi. Tomas o‘shanda marraga uchinchi bo‘lib kelgan, lekin hammaning nazari unda edi. Chunki u yelkasida opichib olgan nogiron qizi bilan boshqalardan ajralib turardi.

Shundan keyin ota va qiz har kuni mashq qilishga tushishdi, harakat qilishdi va keyingi yilgi marafonda marraga birinchi bo‘lib kelishdi. Unga “Marafon g‘olibi va farzandiga eng yaxshi e’tibor beruvchi mehribon ota” sifatida qirolicha tomonidan to‘qqiz million dollar mukofot berildi.

Shu kundan boshlab Tomas Buyuk Britaniyaning milionerlaridan biriga aylandi. U pulining bir qismiga shirkat ochib, peshtoqiga: “Qizlar – bu Allohning Jamol degan sifatining sirlaridan biridir”,
– deb yozib qo‘ydi. “Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur” degan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!
Angliya, farzand




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 104
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 273
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 135
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 316
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 276
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar