“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:49
ЎЗO‘Z

Ona duosi

07 mar, 07:53 8 278 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ona duosi Bir kuni boy badavlat o‘g‘il onasidan xabar olgani yoshlikda o‘sib ulg‘aygan xonadoniga keldi. Onasi peshin namozini o‘qiyotgan edi. O‘g‘il eshikda ancha kutib qoldi. Ona uzoq duo qilib namozini yakunlab o‘g‘li yoniga chiqdi, kutib toqati toq bo‘lgan o‘g‘il jahlda onasiga dedi:

– Ona siz har kuni besh vaqt namoz o‘qib, uzundan uzoq duo qilib, bir narsalarni so‘raysiz? Lekin hech narsangiz yo‘q, nochor hayot kechirasiz. Mana mening boshim sajdaga tegmagan, namoz o‘qimayman, lekin hammasi yetarli, biror narsaga muhtojligim yo‘q, – dedi

Shunda ona o‘g‘liga: Bolajonim, men sajdaga bosh qo‘yib, sening unib o‘sishingni, boy badavlat yashashingni, har ishda omadli bo‘lishingni so‘rayman. Menga bundan boshqa hech narsa kerak emas. Mana mehribon Alloh so‘raganimni beryapti, yana bitta eng katta tilagim bor, shu tilagim ham ro‘yobga chiqsa, mendan baxtli ona yo‘q dunyoda, - dedi ko‘zlariga yosh olib.

– Nima tilak ekan u, onajon, – dedi o‘g‘il.
Ona: sening besh vaqt namoz o‘qishingni, namozga shoshilishingni ko‘zlarim bilan ko‘rsam armonim yo‘q edi, bolajonim. Onasining so‘zlarini eshitgan o‘g‘il beixtiyor ko‘ziga yosh olib:
– Mehribonim, men gumroh o‘g‘lingizni kechiring, - dedi.

Ey o‘g‘il! Siz o‘ylamang, «men beibodat bo‘lsam ham, Alloh menga beryapti» deb. Sizni haqqingizga kecha-yu kunduz duo qilayotgan ota-onangiz sababchidirlar. Duogo‘y ota-onangizni e’zozlang, hurmat qiling, qadriga tiriklik chog‘ida yeting.
yoshlik, tilak




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 149
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 304
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 154
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 344
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 234
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar