“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:58
ЎЗO‘Z

Ortiqcha vaznning xatarlari...

26 fev, 23:04 4 836 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ortiqcha vaznning xatarlari... “Yoshim 32 da, oilaliman. Ikki nafar farzandim bor. Oxirgi tug‘ruqdan so‘ng, gormonlar o‘zgarishi natijasida semirib ketdim. Bu holatni bartaraf qilish uchun, ikki xil ozdiruvchi vositalarni qabul qilishni boshladim. Natija bir haftadayoq sezildi, ammo preparatlarni to‘xtatganimdan so‘ng, yana semirishni boshladim. Shu bilan birga, dorilar natijasida uyqusizlik kasali ham paydo bo‘ldi”.
(“Mahallada duv-duv gap” ko‘rsatuvidan)

Ayol nozik hilqat hisoblanadi. Go‘zallikka va nafosatga talpinish ayollarga xos ajoyib xislat. Bugungi kunda aksariyat ayollarni qiynaydigan muammolardan biri bu vaznning ortiqchaligidir.

Xo‘sh, semizlik nega ko‘proq ayollarda uchraydi va u qanday paydo bo‘ladi? Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun turli xil dori darmonlar va choylarni iste’mol qilish shartmi? Maqola davomida ana shu savollarga mutaxassis fikri orqali javob topishingiz va shu bilan birga mavzuga aloqador qiziqarli ma’lumotlar bilan ham tanishishingiz mumkin.

Semizlik, bu – organlarda to‘qimalar va ortiqcha yog‘larning paydo bo‘lishidir. Tana vazni normadan 20 foiz va undan ko‘pga oshib ketishi bu kasallik hisoblanadi.

Semizlik nima sababdan kelib chiqadi?
Buning eng keng tarqalgan sababi – ortiqcha taom iste’mol qilishdir.

Yahyo alayhissalom Iblisdan: “Hech menga g‘alaba qilgan lahzang bormi?” deb so‘rabdi. Iblis: “Yo‘q, hech senga g‘olib kelmaganman. Lekin sening bir xislating bordirki, undan men juda xursandman”. Yahyo alayhissalom: “Bu qanday xislat ekan?” Iblis aytibdiki: “Sen ko‘p ovqat yeyishni xushlaysan. Shuning uchun og‘ir bo‘lasan, natijada mustahab namozlaringni tark qilasan. Men ana shu ko‘p ovqat yeyishingdan xursand bo‘laman”, debdi. Yahyo alayhissalom shunday dedilar: “Men bugundan boshlab to Parvardigorim bilan muloqot qilmagunimgacha (umrim boricha) ovqatni to‘yib yemasman!”

Semizlik nima sabab erkaklarda kam kuzatiladi?
Semirib ketishning yana bir necha sabablari bor: kam harakatli hayot tarzi, antidepressantlar va gormonlar ichish, jismoniy ahvoli, ya’ni homiladorlik, emizish, jismoniy salohiyat kamayishi, genetik moyillik... Bularning deyarli barchasi ayollarda uchrab turadi. Shu sababli ham semizlik erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘proq kuzatiladi.

Bugungi kunda ayollarimiz bu muammoni bir necha usullar bilan bartaraf qilmoqda. Masalan, kimdir to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilish va sport bilan shug‘ullanish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lsa, kimlardir turli xil ozdiruvchi dori-darmonlardan foydalanishni afzal ko‘radi.

Bir haftada 5 kg, hatto 35 kg gacha vazn tashlashga yordam beradigan dorilar, turli xil choylarning reklamasiga ko‘zimiz tushadi. Ularning aksariyati mashqlarsiz, parhezsiz va bezarar ozish mumkinligini ta’kidlashadi. Xo‘sh, bu haqiqatmi?

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda har qanday sohaga oid kanallarni topish mumkin. Aynan ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni istovchilar uchun ham kanallar juda ko‘p. Ularning deyarli barchasi chet eldan kelgan dori-darmonlar bilan ozishni tavsiya qilmoqdalar. Kanallardagi ozdiruvchi dorilarning xilma-xilligidan tanlovni amalga oshirish bir oz qiyin.

Bu vositalarning inson salomatligiga nojo‘ya ta’siri yo‘qmi, degan savol barchamiz uchun qiziq. Mutaxassislarning fikri qanday?

Ilhom Otajonov, diyetolog:
“Mazkur dori vositalarining aksariyati vaqtinchalik yordam berish ta’siriga ega. Ammo, achinarlisi, ayollar ko‘pincha bu dorilarning foydasi haqida bir-biridan eshitib, iste’mol qila boshlashadi. Asosan xorijdan keltirilgan, ammo «ozdiruvchi dori» degan nomdan boshqa hech qanday ma’lumot yozilmagan bu preparatlar inson salomatligi uchun xavfli bo‘lishi ham mumkin. Tajribamga asoslangan holda aytishim mumkinki, bu kabi ozdiruvchi dorilarni qabul qilish natijasida ayollarda qosh, kiprik, soch to‘kilishi holatlarini kuzatganman.

Shuningdek, ayol organizmining gormonal foni buzilib, ruhiy o‘zgarishlar ham ro‘y bera boshlaydi. Dori kutilganidek ozdiradi, lekin shu bilan birga, qorinda shish ham paydo bo‘la boshlaydi. Ba’zi ayollarda kista, turli gijja va qurtlar ham yuzaga keladi. Qolaversa, ayolda bu dorilarga ko‘nikma hosil bo‘ladi.

Ya’ni dori ichayotgan fursatda ayol ozadi, dori ichishni to‘xtatishi bilan yana semirib ketadi. Ayrim qizlar ham to‘yidan avval mana shunday dorilardan ichishadi. Natijada ularda homila tushib qolish kabi salbiy holatlari ham ko‘p kuzatiladi. Ozdiruvchi dorilarni faqatgina diyetolog-shifokor bilan maslahatlashib, tana xususiyatlarini o‘rgangan holda ichish lozim”.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ortiqcha vazn salomatlik uchun xavfli, ammo undan qutilish uchun o‘z salomatligimizni battar xatarga qo‘ymasligimiz kerak. Eng asosiysi, nafsni jilovlash, ya’ni rejali parhez va jismoniy harakatni ko‘paytirish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lish foydali va ayni paytda bezarardir. Islom dini ham bejiz oz yeyishga targ‘ib qilmagan

Nozima Umarali qizi
Ortiqcha vazn, Semizlik




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 119
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 286
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 144
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 331
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 222
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar