“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:29
ЎЗO‘Z

Qanday qilib umrni o‘n yilga uzaytirish mumkin?

09 yanv, 11:34 3 845 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qanday qilib umrni o‘n yilga uzaytirish mumkin? Foto: «Turismovalparaisodelmar.cl»
Foydali odatlar, jumladan, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish va sog‘lom ovqatlanish inson umrini taxminan o‘n yilga uzaytirishi mumkin, deydi Amsterdam va Garvard universitetlari olimlari. Mutaxassislarning tadqiqot natijalari «British Medical Journal» jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda qariyb yuz mingta 50 yoshli odamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanildi. Ular ilmiy ish boshlanganda hech qanday kasallik bilan og‘rishmagan. Qariyb 20 yil davomida ularning hol-ahvoli kuzatib borildi. Tadqiqotchilar ishtirokchilarning qaysilarida yurak-qon tomir kasalliklari, saraton yoki ikkinchi tip diabet paydo bo‘lgani hamda bu kasalliklar necha yoshda kelib chiqqani va ularning qancha umr ko‘rganligiga e’tibor qaratishdi.

Pirovard natijada ekspertlar beshta asosiy xavfli omilni aniqlashdi: chekish, alkogol iste’mol qilish, yog‘ yoki qandni ko‘p yeyish bilan bog‘liq nosog‘lom ovqatlanish, kam jismoniy faollik va tana vazni indeksi bo‘yicha hisoblangan ortiqcha vazn.

Ushbu beshta omilga ko‘ra olimlar 50 yoshli odamning sog‘ligini belgilashdi.

To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki va alkogolni umuman iste’mol qilmaslik, tana vaznini nazorat qilishdek 4-5 ta foydali odati bo‘lgan ayollar o‘rtacha 84,4 yil umr ko‘rishgan. Bu odatlarning birortasiga ham amal qilmagan go‘zal jins vakillari esa 73,7 yil yashashgan. Erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 81,1 yoshga 73,5 yoshni tashkil etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 230
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 140
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 339
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar