“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:06
ЎЗO‘Z

Aritmiya: alomatlar, sabablar va davolash usullari

02 yanv, 15:44 4 179 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aritmiya: alomatlar, sabablar va davolash usullari Aritmiya – asosan yurak ishlashida uzilishlar keltirib chiqaradigan kasalliklarning katta guruhi bo‘lib, yurakning juda tez urishi urishi, yuqori puls, tartibsiz ritmlar yuzaga kelishidan iborat. Ushbu barcha uzilishlar yurak kameralari ishlashiga ta’sir qiladi.
Odatda, yurak faoliyatida hammasi joyida bo‘lsa, kameralar doimiy tartibdagi kabi qisqaradi. Ammo aritmiya boshlanishi bilan yurak kameralari qon o‘z vaqtida yetib kelmagani sababli tartibsiz ravishda siqila boshlaydi. Bu insonning umumiy his qilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Aritmiya belgilari
Aritmiya boshlanishi bilan odam isitma yoki sovqotishni his qilishi mumkin, shuningdek, bosh aylanishi, to‘satdan ongni yo‘qotish, yurakdagi og‘riq yoki sanchiqlar, bosh og‘rig‘i, holsizlik, yurak urishi sekinlashgani yoxud aksincha, qattiq urganini sezish, umumiy lohaslik, nevrologik buzilishlar kuzatiladi.

Aritmiya mustaqil tashxis bo‘lishi mumkin, ammo uning taxikardiya va bradikardiya kabi pastki turlari ko‘proq uchraydi.
Katta yoshli sog‘lom kishilarda bir daqiqada normal yurak tezligi 60-80 marta urish hisoblanadi. Yurak urishi ko‘payishi yoki sekinlashishi yurak yetishmovchiligi belgisidir.

Taxikardiya – yurak ritmi buzilishi, unda daqiqada 90 martadan ko‘proq yurak urishi kuzatiladi.
Bradikardiya – yurakning daqiqasiga 60 martadan kam urishi kasalligi. Ushbu ma’lumotlar katta yoshlilar uchun standart me’yor hisoblanadi, bolalar uchun ularning yoshi bo‘yicha maxsus darajalash mavjud.
Agar sizda taxikardiya belgilari bo‘lsa, shifokor qabuli va tekshiruvlardan oldin hech bo‘lmaganda tinchlanib olish juda muhimdir. Bunga yalpiz, limono‘t, do‘lana yoki valeriana qo‘shilgan o‘simlik damlamasi yordam berishi mumkin.

Agar bradikardiya belgilari kuzatilsa, aksincha, sizning holatingizni qo‘zg‘atish kerak. Buning uchun achchiq choy yoki qora qahva (agar taqiqlangan bo‘lmasa) ichish kerak.

Qo‘shimcha qilish kerakki, bradikardiyani davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari tarkibida qo‘zg‘aluvchanlikni oshiradigan kofeindan foydalaniladi.
Bemorlar orasida yurakning tartibsiz ritmi bilan namoyon bo‘luvchi klassik aritmiya turi ham kuzatiladi. Ba’zida ritm kuchayadi, so‘ngra keskin tushadi, keyin esa bir necha soniyaga yurakning butunlay «to‘xtashi»ni his qilish mumkin. Bunday holatlarda siz tinchlanishingiz kerak (tinchlantiruvchi choy iching) va agar bu yordam bermasa, shoshilinch ravishda maxsus dori-darmonlar qabul qilish uchun shifokor bilan maslahatlashing.

Aritmiya tashxisi
Aritmiya juda ko‘p xastaliklar alomati bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, bemorlarning (nafaqat yuragi og‘ruvchilar) 20 foizdan ortig‘i aritmiyadan aziyat chekadi. Ushbu nosozlik endokrin tizimida buzilish, nefrit (buyrak yallig‘lanishi), yurak nuqsonlari, o‘smalar, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, gripp, tonzillit (tomoq bodomsimon bezlarining yallig‘lanishi), virusli infeksiyalar, surunkali piyelonefrit, kamqonlik va boshqa kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, agar bemor aritmiya alomatlarini sezsa, birinchi navbatda elektrokardiogramma qilish kerak. Shundan keyingina kasallikning asl sababini qidirish mumkin.

Bolalarda bu biroz farq qiladi: birinchi navbatda yurak yetishmasligi xastaligiga tekshiriladi. Agar nuqson aniqlanmasa, aritmiya alomatlari yolg‘on bo‘lishi mumkin, chunki 14-16 yoshgacha bolalarda vegetativ tizim hali yetilmagan bo‘ladi. Ushbu aritmiya sinus yoki nafas olish aritmiyasi deb ham ataladi.

Aritmiyada ovqatlanish qoidalari
Aritmiyani davolashda muvozanatli ovqatlanish va nafas olishga alohida e’tibor qaratilgan maxsus jismoniy mashqlar muhim ahamiyatga ega. Aritmiyaning asosiy sabablaridan biri elektrolitlar muvozanatining buzilishi hisoblanadi (kalsiy, magniy va kaliy). Shu sababli O‘rta Yer dengizi parhezi eng yaxshi yechim hisoblanadi. Uning tarkibiga baliqdan olinadigan katta miqdordagi oqsil, yil davomida ko‘plab meva va sabzavotlar iste’mol qilish, yog‘ kislotalari va ko‘katlar kiradi. Jismoniy faollik ritmik bo‘lishi kerak. Fizioterapiya mashqlari faqat shifokor tomonidan belgilanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 183
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 253
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 177
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 375
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 413
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 635
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar