“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:23
ЎЗO‘Z

Qishda yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytirishning oddiy qoidalari

10 dek, 10:30 4 769 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qishda yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytirishning oddiy qoidalari Foto: CC0
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-tomir kasalliklari dunyoda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar hisoblanadi. Afsuski, qish vaqtida surunkali yurak-tomir kasalliklarining o‘tkirlashishi xavfi keskin ortadi. Birinchi navbatda, bu qish mavsumidagi iqlim sharoitlari bilan bog‘langan.

Harorat va atmosfera bosimining o‘zgarib turishi organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va shu sababli yilning bu faslida yurak-tomir kasalliklari profilaktikasi haqida qayg‘urish ayniqsa muhimdir.

Eng asosiysi, sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilish lozim. Ratsionga ko‘p miqdorda mavsumiy sabzavot va mevalar, boshoqli o‘simliklar, yog‘li baliq turlari, misol uchun, forel va skumbriyani qo‘shish kerak. Tamaki chekish va spirtli ichimliklar ichishdan voz kechish muhim – bu tromblar paydo bo‘liishi xavfini kamaytirib, tomirlar shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Asabiylashmaslikka harakat qiling. Adrenalinning haddan ko‘p ishlab chiqarilishi taxikardiya va tomirlar siqilishiga olib keladi, bu esa yurak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sizni tashvishlantirayotgan muammolardan chalg‘ib, hordiq va sevimli mashg‘ulotingizga ko‘proq vaqt ajrating.

Shuningdek, jismoniy yuklama haqida ham unutmaslik zarur. Ko‘proq harakatlanish, toza havoda sayr qilish yoki ertalabki badantarbiyani kanda qilmaslik lozim. Bundan tashqari, yuragingizni “tinglab turish”, puls va qon bosimi ortidan kuzatib turish va shifokor buyurgan dorilarni qabul qilishni unutmaslik kerak.

Agar yurak urishida o‘zgarish, ko‘krak sohasida og‘riq, nafas siqishi yoki bosh aylanishni his qilsangiz, hayallamay mutaxassisga murojaat qilishingiz lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 123
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 295
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 290
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar