“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:11
ЎЗO‘Z

Qishning sovuq oqshomlarida tanaga issiqlik beruvchi ichimliklar

08 dek, 21:50 3 997 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qishning sovuq oqshomlarida tanaga issiqlik beruvchi ichimliklar Sovuq fasllar qaynoq ichimliklar mavsumidir! Tanaga issiqlik beruvchi xushboʻy ichimliklar qadimdan tayyorlab kelingan. Ular orasida ajoyib taʼmga ega bir necha xil variantlar mavjud. Bu turli-tuman choylar, oʻtli damlamalar, shokolad, qahva, kakao va sut asosida tayyorlangan ichimliklardir.

Bunday ichimliklarni ichish ayniqsa kuz va qishda juda foydali. Chunki ular qon aylanishini yaxshilaydi, demakki, tezroq isitadi. Barchasi bunday ichimliklarga qoʻshiladigan zanjabil, limon kabi ziravorlar tufaylidir. Sevimli mahsulotlaringizdan oʻz retseptingizni yaratishingiz ham mumkin.

Qaynoq shokolad
Bu mazali ichimlikni hamma xush koʻradi, biroq qaynoq shokolad mazali chiqishi uchun barchasini qoida boʻyicha tayyorlash kerak.
Yarim litr sutni olovga qoʻyib, 2 osh qoshiq shakar va bir chimdim vanilin qoʻshamiz. Aralashma qaynab chiqqandan soʻng, boʻlaklarga boʻlingan qora shokoladni qoʻshib, quyuqlashguncha qaynatamiz.
Qaynatish jarayonida uni aralashtirib turish tavsiya etiladi.

Kakao
Kakaoning taʼmi bolalikni eslatadi. Xushxoʻr, biroq koʻngilga urmaydigan, xushboʻy va qaynoq. Tabiiy kakao kukuni sogʻliq uchun juda foydali hisoblanadi. Chunki unda kayfiyatni koʻtaruvchi moddalar mavjud.

Uch choy qoshiq kakaoga bir qoshiq suv qoʻshib, aralashtiramiz. Bir stakan sutni qaynatib, kakao bilan aralashtiramiz va suzgichdan oʻtkazamiz.
Agar kakao kukuni tabiiy boʻlsa, unga bir qoshiq shakar qoʻshish mumkin. Ustidan marshmellou (zefirinki) sepish mumkin.

Zanjabil choyi
Zanjabil choyi quvvat beruvchi va moddalar almashinuvini yaxshilovchi, yoqimli taʼmga ega boʻlgan ajoyib ichimlikdir. Tanani qisqa vaqt ichida qizdiradi.

2 santimetr zanjabil tomirini mayda qirgʻichdan oʻtkazamiz. Uning ustidan qaynoq suv quyib, bir choy qoshiq qora choy qoʻshamiz.
3—5 daqiqa qaynatgandan soʻng taʼbga koʻra bir boʻlak limon qoʻshamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 201
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 313
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 171
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 360
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar