“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:27
ЎЗO‘Z

Quloqchin quloqlaringizga jiddiy zarar keltirishini bilasizmi?

06 dek, 11:47 5 296 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Quloqchin quloqlaringizga jiddiy zarar keltirishini bilasizmi? Hozirgi kunda ko‘pchilik insonlar quloqchinlarda musiqa tinglamasdan turolmaydigan bo‘lib qolishgan. Uning zararidan ba’zilar boxabar, ba’zilar esa aksincha. "Ko‘p quloqchinda musiqa tinglayverma, kar bo‘lib qolasan" degan gap haqiqatga qanchalik yaqin? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Baland musiqa tinglash natijasida yuzaga keladigan xavf - bu yangi tushuncha emas. Yoshlar bundan 40 yil oldin ham baland musiqa tinglab kelishgan. Ammo hozirgi kunga kelib, bunday yoshlarning soni tobora ko‘payib bormoqda. Baland ovozda musiqa tinglash ularning eshitish qobiliyatiga jiddiy zarar keltiryapti.

Olimlarning ta’kidlashicha, atrofdagi boshqa tovushlarni blokirovka qilib qo‘yishga asosiy sabab bu - quloqchinlar orqali uzatiladigan tovushni haddan ziyod baland darajaga ko‘tarish. Sizga bu qanchalik baland ekanligini tushuntirish uchun keling, taqqoslab ko‘raylik. Mototsikl dvigateli 100 detsibelda va elektr arra ham taxminan bir xil hajmda ishlaydi.

Ular baland, yoqimsiz shovqinlar bo‘lib, quloqlarimizga zarar yetkazishi va bir necha soatlab garang qilib qo‘yishi mumkin.

70% ovoz bilan ishlaydigan musiqa pleyeri bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, musiqa pleyeri 85 detsibel tovushni chiqaradi. Ushbu tovushlar sizning quloqlaringizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangraydi va bu ta’sirni yanada kuchaytiradi. Bu esa o‘z navbatida insonning kar bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin.

To‘g‘ri, musiqa eshitish insonga zavq bag‘ishlaydi. Ammo har narsaning ham me’yori bo‘lgani kabi, musiqa tinglashni ham me’yordan oshirmasak, salomatligimiz uchun foyda keltirar edi.
quloqchin, jiddiy zarar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar