“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:21
ЎЗO‘Z

Qanday so‘zlarni ayollar sevgan insonidan eshitishni xohlaydi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

13 noya, 00:30 7 802 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qanday so‘zlarni ayollar sevgan insonidan eshitishni xohlaydi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? O‘zaro munosabatlar haqida gap ketganda, "til" katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, noto‘g‘ri qo‘llangan ibora sevgilingizni xafa qilib qo‘yishi yoki bo‘lmasa, haddan tashqari ortiqcha maqtovlardan iborat bo‘lgan gap uning sizga bo‘lgan qalb eshiklarini qulflab qo‘yishi mumkin. To‘g‘ri ikki ayol hech qachon bir xil bo‘lmaydi. Ya’ni, birinchisiga yoqqan narsa ikkinchisiga yoqmasligi mumkin yoki aksincha.

Ammo hozirda e’tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan so‘zlarimizni har bir ayol o‘z sevgan insonidan eshitishni chin dildan xohlaydi. Xalq orasida mashhur bir gap bor: "Ayollar qulog‘i bilan sevsa, erkaklar oshqozoni bilan sevadi". Ha, bu haqiqat!

Keling endi ayollarga xush yoquvchi so‘zlarga e’tibor qaratsak.

1. Sen haqsan

Ba’zida erkaklar ayollarga yon berib, uning haqligini aytib o‘tsa, hech narsani qo‘ldan boy berishmaydi. Bu esa o‘z navbatida ikki inson o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etadi.

2. Sen haqiqatdan ham maftunkorsan

Oddiygina, ammo samarali. "Ayollar go‘zal ekanliklarini eshitishni chin dildan xohlashadi" deydi New York shahridagi oilaviy terapevt Melissa Divaris Tompson.
U shunday deydi: "Bu balki siz uchun sayoz tushuncha bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bu so‘z chuqur ma’noga ega. "Sen maftunkorsan" degan gapni eshitish odatda ayollarni o‘zlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga yordam beradi".

3. Biz birgamiz

Ko‘pincha ayollar har qanday vaziyatda sevgan insoni yonida bo‘lishini istaydi. Boshiga tushadigan qiyinchiliklarni birgalikda bartaraf etishni xohlaydi. Shunday paytlarda ayollar sevgan insonining oldida o‘zlarini xavfsiz his qilishadi.

4. "Agar nimadir aytging kelsa, doimo eshitishga tayyorman"

Insonning qandaydir dardi bo‘lsa, hammaga ham aytishni xohlamaydi. Faqatgina ishongan insoniga ayta oladi. Shu payt u juda ham sevgan insonining tasalli berishiga muhtoj bo‘lib qoladi.

5."Seni tushunmayman. Ammo tushunishga harakat qilaman"

Haqiqatgo‘y bo‘ling! Soxtalikdan yiroqlashing! Har doim ham ayol kishi nimani istashini tushunmaysiz, ammo tushunishga harakat qilishingizning o‘zi yetib ortadi.

6. "Sening eng yaxshi xislatlaringdan biri bu..."

Har kim sevishni, sevilishni xohlaydi. Sevgan insoningizdan o‘zingiz haqingizdagi yoqimli so‘zni eshtish qanchalik zavq berishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

7. Men seni sevaman

Oson, to‘g‘rimi? Lekin ko‘pchilik erkaklar bu so‘zni chin dildan chiqarib aytmaydi. Ammo, ayollar har kuni eshitishni xohlagan sehrli so‘z ham aynan-shu.
Buni unutmang qaddi va qadri baland erkaklar!
sehrli so‘z, ayollar, xush yoquvchi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 194
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 310
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 356
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar