“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:01
ЎЗO‘Z

Biz qachon baxtli bo‘lamiz?

09 noya, 18:00 4 103 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biz qachon baxtli bo‘lamiz? Inson o‘zini baxtli his qilishi uchun muhim tuyg‘ulardan biri muhabbatdir. Muhabbat deganda keng ma’noda uning turli ko‘rinishlari aytilmoqda, faqat erkak va ayol o‘rtasidagi emas. Masalan ona-bola o‘rtasidagi mehr, qalin do‘stlar orasidagi mehr-oqibat va hokazo.

Psixologlar yozishicha, bizning hatti-harakatlarimiz, fe’l-atvorimiz ana shu muhabbatga erishish uchun yoki kengroq olganda, tan olinish, sevilish, mehr qozonish uchun bo‘lar ekan. Ba’zan o‘sha muhabbatni moddiy vositalar orqali qozonishga urinarkanmiz. Masalan, qimmat mashina minish, dang‘illama imorat solish va hokazo. Mehr-muhabbatni yetarli dozada olib turgan kishi xotirjam bo‘larkan.

Yana psixologlar ta’kidlashicha, insonga baxtiyorlik hissini beruvchi omil moddiy narsalar emas, balki o‘sha mehr-muhabbat, do‘stlik rishtalari va e’tibor ekan. Masalan, bolalikdagi qalin do‘stlar bilan otamlashish, sizni go‘dakligingizdan sevib erkalagan ammangiz yoki xolangiz bilan samimiy suhbatlashish, bobongiz yoki buvingiz yonida o‘zingizni yaqin his etish — bularning hammasi o‘sha muhabbatga daxldor, ich-ichingizdagi sevish va sevilish, e’zozlash va e’zozlanish, kimgadir keraklilik, ardoqlanish g‘arizalarini qondirar ekan.

Hissiyotlarsiz inson o‘zini kemtik his qila boshlaydi, nimadir yetishmayotgandek bo‘laveradi. Qalbini tushkunlik qoplaydi.

Shu ma’noda Erkin A’zam qalamiga mansub "Anoyining jaydari olmasi" qissasi asosida tayyorlangan radiodramani tinglab, qalbimda ajib hissiyotlar uyg‘ondi. "Chantramore" kinofilmi ham shu kitob asosida olingan. Bu hikoyada ikki do‘st o‘rtasidagi samimiylik, iliqlik, beg‘uborlik mohirona tasvirlangan.

Radiodramani tinglarkanman, ichim to‘lib bo‘g‘zimga nimadir tiqildi, ko‘zimga yosh keldi. Darhaqiqat, hozirgi to‘kin-sochinlik davrida bizga eng yetishmayotgan narsa bu samimiy munosabatlar, o‘sha keng ma’nodagi sof muhabbat, mehr- oqibat, beg‘araz birodarlik bo‘lsa kerak.

Ruhiyatimizdagi kemtiklik sababini to‘g‘ri aniqlamasak, tashxis qo‘ymasak, har qancha moddiyat bilan qondirishga urinmaylik, baribir baxtiyor bo‘lolmaymiz. Zamonaviy dunyoda eng ko‘p yo‘qotilgan va mushtoq bo‘linayotgan narsa ana shu samimiy va iliq munosabatlar bo‘lsa kerak.

O‘zbek adabiyotidan men o‘qigan narsalar asosan o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarigacha yozilgan asarlardir. Mustaqillikdan so‘nggi o‘zbek adabiyotiga mensimayroq qarardim. Erkin A’zam kabi bir qator adiblarning suhbatini tinglagach, menda o‘zbek zamonaviy adabiyotiga yana qiziqish uyg‘ondi. Insholloh, Erkin A’zam, Ahmad A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton va boshqa ko‘p yozuvchilarning kitoblarini o‘qimoqchiman.

Bemalol aytolamanki, Erkin A’zamning o‘sha "Anoyining jaydari olmasi" jahon adabiyoti durdonalari qatoriga qo‘shilishga arziydigan darajada zo‘r yozilgan.

Sevimli yozuvchimiz Erkin A’zamga sog‘-salomatlik, ijodiga baraka tilab qolaman.
Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 124
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 296
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar