“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:20
ЎЗO‘Z

Alisher Usmonov hayotidagi ilk biznes sxemasini qanday o‘ylab topganini aytdi

24 okt, 18:37 4 015 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Usmonov hayotidagi ilk biznes sxemasini qanday o‘ylab topganini aytdi Foto: YouTube/Dokumentalnoye kino na Pervom
Rossiyaning eng boy kishilaridan biri Alisher Usmonov o‘zining birinchi biznes-sxemasini talabalik davrida kartoshka tergani borganida o‘ylab topgan. U bu haqda Vyacheslav Duxinning «MGIMO. Dunyoning barcha tillarida» nomli hujjatli filmida aytib berdi.

USM Holdings asoschisi 1976 yilda bitirgan oliy ta’lim dargohi haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi. O‘sha davrda talabalarni kartoshka tergani jo‘natishgan va bo‘lajak milliarder hayotidagi birinchi biznes-sxemasini o‘shanda o‘ylab topgan.

«Taroziga qarab turibman. ZIL keldi, 3600 kilo. Bizda esa kichkina traktor bor edi – 1200 kilo. O‘ylab qoldim, 3600 3500 bo‘lsa, bizniki 1300 bo‘lsa, bizda ko‘proq kartoshka bo‘ladi va rejani tezroq bajaramiz. Uch kundan keyin kartoshka terish bo‘yicha ko‘rsatkichimiz shunday ko‘tarilib ketdiki, meni bir haftadan so‘ng Moskvaga jo‘natib yuborishdi, bir oylik rejani bajarib qo‘ygandik», - dedi Usmonov.

Tadbirkor shuningdek, dastlab o‘qishga kira olmaganini ham esladi.

Usmonovning eslashicha, o‘sha paytda sobiq ittifoq respublikalari uchun ham MGIMOga kirish uchun kvotalar ajratilgan. Alisher Usmonov milliy kvota bo‘yicha hujjat topshirgan. To‘rt da’vogar orasidan eng yuqori ballni u olganiga qaramasdan, undan ozroq ball olganlar – yuqori lavozimdagi amaldorlarning farzandlari o‘qishga kirishgan.

“Agarda milliy kvota bo‘yicha emas, umumiy yo‘nalishda hujjat topshirgan bo‘lganimda, o‘qishga bemalol kirgan bo‘lardim”, dedi u.

Shundan so‘ng Usmonov O‘zbekistonga qaytgan va qilichbozlik bilan shug‘ullangan. U sport ustasiga aylangan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga, keyinroq SSSR terma jamoasiga qabul qilingan. Keyingi yili esa Moskvaga qaytib borib, MGIMOga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Alisher Usmonov, biznes sxema




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 148
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 109
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 97
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 127
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar