“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:41
ЎЗO‘Z

Ijobat bo‘ladigan duo qanday bo‘ladi?

23 okt, 13:53 13 766 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ijobat bo‘ladigan duo qanday bo‘ladi? “Aslo yomon niyat qilmayman. Lekin istaganim hech qachon ro‘yobga chiqmaydi. Men ham istayman, atrofimdagilarning istagani bo‘ladi, mening istaganim bo‘lmaydi. Men ham faqat yaxshi niyat qilaman, yaxshi narsalarni o‘ylayman. Ko‘pdan beri so‘rayman, istayman, kutaman, lekin hech narsa o‘zgarmaydi! Endi istash, umid qilishning ma’nosi qolmadi. Duo qilganda ham ijobat bo‘lishiga ishonmayman. Chunki, ishonchim qolmadi. Hech narsa qilishni istamayman, baribir biror nimaga erisholmayman”…

Bu kabi savollarga ko‘p duch kelamiz. Umumiy javob qilishni ma’qul ko‘rdik.

Orzularingiz nima uchun ro‘yobga chiqmaganini haqida savolning javobi ichingizda. Maqsadga eltuvchi yo‘l (albatta, oqilona maqsad nazarda tutilyapti) chin ko‘ngildan duo qilib, maqsad uchun aql va azm bilan harakat qilishga bog‘liq.

Qachon insonning istagani amalga oshmaydi, qachonki, keragini bajarmasa, o‘z o‘rnida, aql, basirat, qat’iy harakat va duo bilan xayrli narsalarni so‘ray olmasa. Bularning barchasi ilm va farosatga taqaladi. Alloh ojiz qilib qo‘ygan mazlum boladek bo‘lmasak, yotgan joyimizda yig‘lash bilan hech narsa o‘zgarmaydi.

Atrofingizdagi istagan narsasiga erishayotganlar, agar imtihon sababli o‘tkinchi bir yutuq bo‘lmasa, mutlaqo o‘z harakati va ilmi bilan istaganlariga erishyapti. Bizdan talab etiladigani “Nega menda bo‘lmayapti?!” deb emas, “Men qayerda xato qilyapman” deya xatti-harakatlarimiz va duolarimizga diqqat qilishimizdir. Buning sababini Allohdan izlaganning ikki dunyosi zulmat bo‘ladi. Alloh insonga faqat harakatlariga yarasha olishini buyurgan. Mening hayotimda ham juda istasam-da, erisholmaganim bir dunyo orzularim bor.

Ishonchim komilki, sizning istaganingizdan ham ko‘p ular. Butun dunyoga xitob qilganim, lekin kuchim yetmagan, ojiz qolganim istaklar. Bo‘lmaydi, chunki harakatimda yetarli qobiliyatim yo‘q. Moddiy jihatdan imkoniyatim yo‘q, qalban ko‘rish farosatim, qat’iy harkatim, o‘zimni majburlashim yo‘q. Alloh sabablarga o‘z o‘rnida bosh urgan bandalariga munosibi bilan javob beradi. Shunday ekan, nega bu ishlar bo‘lmayapti, degan savollarga bosh qotirish bilan vaqtni yo‘qotmaslik kerak.

Inson avval erishganlariga qanoat qilib shukr va sabrni o‘rganishi kerak. Keyin bir necha qadam oldinga yurish uchun “Mening maqsadlarim nima? Bularni qanday aniqlashtiraman? Maqsadlarimga erishishning oqilona yo‘llari nima? Qilishim kerak bo‘lgan ishlarni bajarishdan qo‘rqsam ham, qo‘rquvimni qanday yengaman?” deya o‘ylamog‘i va shunga qarab harakat qilmog‘i lozim. Boshqalar haftada bir nechta kitob o‘qirkan, biz yilda bir-ikkita kitob o‘qishga erinishimiz, o‘qisak ham ishqiy sarguzashtlar tasvirlangan kitoblar bilan kifoyalanishimiz bugungi kundagi eng katta muammoimiz.

Hech kim o‘tirgan joyida istar-istamas harakat qilish bilan yaxshi natijaga erishishni umid qilmasin. Vaqtini behuda televizor tomoshasi bilan o‘tkazadigan, keragidan ortiq uyqu bilan ovunadigan odam “Nega men hech narsaga erishmayman” demasin. Bunday savolni berish uchun inson avvalo har bir soniyasidan oqilona va ehtiyotkorlik bilan foydalangan bo‘lishi kerak.
Tarjimon: Umida Adizova

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar